Mali
Mali — o’rta asrlarda G’arbiy Su- danda Senegal va Niger daryolari yuqori havzasida mavjud bo’lgan davlat (taxm. 8-17-a.lar). Ilk bor al-Ya’qubiy (9-a.) tomonidan Mallal nomi b-n qayd etil- gan. 13-a. 1 -choragigacha Gana davlati- ga qaram bo’lgan. 14-a. 1-choragida (M. davlatining eng ravnaq topgan davri) M. hududi Atlantika okeanidan Adrar- Iforas platosigacha cho’zilgan. Bu davr uchun M. davlatining batafeil bayonini Arab tarixchilari ul-Umariy va Ibn Bat- tuta asarlarida uchratish mumkin. M.da ilk mulkdorlik munosabatlari hukmron bo’lgan; qulchilik ham mavjud edi. M. iqtisodida shim. Afrika va Misr b-n karvon savdosi muhim o’rin egallagan; asosan, oltin va qullar chiqarilgan, chet- dan esa tuz va hunarmandlik buyumlari keltirilgan. Yirik markazlari (Jenis, Tombuktu, Gao)da G’arbiy Sudanning ma- Daniy rivojida muhim rol o’ynagan mu- sulmonlar manzilgohlari (koloniyalari) mavjud bo’lgan, 14-a.ning 60-y.laridan o’zaro ichki nizolar natijasida M. tanaz- zulga uchray boshlagan, 16-a.da M. Songan davlatiga qaram bo’lib qolgan.