Maltus (Maltus) Tomas Robert

Maltus (Maltus) Tomas Robert (1766.17.2, Rukeri — 1834.23.12, Bat) — ingliz iqtisodchisi, ruhoniy. Kem-Brij untining Jezus kollejini tugatgan (1788). Ost-Indiya kompaniyasi tasarru- fidagi kollejda yangi tarix va siyosiy iqtisod kafedrasida prof. (1805-34). M. klassik maktab vakili bo’lishiga qaramay, D. Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasini inkor etdi va to- var qiymatini i. ch. xarajatlariga kush- Di, foydani tovar qiymatiga nominal qo’shimcha, deb qaradi. M. pul nazariyasi- ga va «ortiqcha ishlab chiqarish» nazariya- siga katta hissa kushgan. «Nufus qonuni to’g’risida tajribalar» asari (1798) unga katta mashhurlik keltirdi. M. bu asari- da ko’pgina iqtisodchilar orasida qabul qilingan aholi soni va uning o’sishi boylikdir, degan fikrga zid holda aholi oziq-ovqatning cheklangan taklifiga duch kelguniga qadar o’saveradi, aholi Geo- metrik, oziq-ovqat mahsulotlari takli- Fi arifmetik progressiya bo’yicha o’sadi, deb qaraydi. Aholi o’sishini ijobiy (ya’ni o’limni ko’paytirish orqali) — urushlar, epidemiyalar va b. yoki salbiy (tug’ilishni cheklash orqali) — ahloqiy cheklashlar, kech ni-kohga kirish va b. yo’llar orqali nazorat qilish mumkin. M. o’z fikrlarini «tuproq unumdorligi- ning pasayib borishi qonuni» b-n asos- lashga urinadi. M.ning ish haqi nazari- yasi tirikchilik minimumga teng bo’lgan do-imiy ish haqini nazarda tutadi. Le- kin rivojlangan mamlakatlarda aholi ham, ish haqi ham, M.ning bashoratlari- ga zid holda, texnika ravnaqi tu-fayli o’sib, daromadlarning o’sishi darajasi- ga qarab tug’ilish pasayib bormoqda. M. javob berishga harakat qilgan muammo- lar hoz. zamonda ham past rivojlangan mamlakatlarda dolzarb hisoblanadi. Bu mamlakatlarda tug’ilish koeffisienti yuqori bo’lgan sharoitda tibbiyotni «im- port qilish» b-n rivojlangan mamlakat- lardagi kabi past o’lim koeffisienti ta’minlanmoqda va, ayni paytda, bu mam- lakatlarda qashshoqlik muammosi mav- jud. Shuningdek, ayrim ekologlar jahon miqyosida aholining va sanoat i. ch.ining o’sishi resurslar taqchilligiga olib ke- ladi, deb qaraydi.