MALTUS TOMAS ROBERT
MALTUS TOMAS ROBERT (1766-1834) – ingliz iqtisodchisi, “Nufus nazariyasi”, “Tuproq unumdorligining pasayib borishi qonuni” asarlari muallifi. Uningcha, aholi geometrik, noz-ne’matlar esa arifmetik progressiya asosida o’sib boradi. Oqibatda qashshoqlikning sababi aholi soniga bog’liq deb ko’rsatiladi. Maltus aholi sonining o’sishini cheklash tarafdori bo’lgan.