Mamluklar davlati
Mamluklar davlati – Misrda (1250-1517) va Suriyada (1516 y.gacha) o’rta asrlarda mamluklar sulolasi boshqargan davlat. 1250 y. mamluk harbiy boshliqlari ayyubiylarnj taxtdan agda- rib hokimiyatni qo’lga kiritgan. Mamlu- klarning 2 sulolasi ma’lum: bahriylar (asosan, turkiy qavmlardan bo’lib 1250-1390 y.larda hukmronlik qilgan) va burjiylar (asosan, kavkazliklar 1390-1517 y.larda hukmronlik qilgan). Mamluklar (ularning soni 9— 12 ming- ga etgan) 24 ta Bey qo’mondonligi ostida xizmat qilishgan. Ushbu beylar yirik mulkdorlar bo’lib, eng yaxshi erlar, dav- latning hunarmandchilik korxonalari, bojxonalardan keladigan daromadlar va b. ga egalik qilganlar. Mamluklar dav- rida, 13-14-a.larda davlat boshqaruvi tizimi isloh qilingan, sun’iy sug’orish tizimi yaxshilangan, madaniyatning yuk- salishi kuzatilgan. Mamluklar ilgari davrlarda shakllangan harbiylen tizi- mini saqlab qolganlar. 13-a.da mamluklar qushini mo’g’ullarni tormor etadilar (1260 y. 3 sent.dagi Ayn-Jolut jangi), salib- chilarni Falastin va Suriyadan siqib chiqarganlar (1268), ismoiliilar — hashshoshiylarni tormor keltirganlar (1273). M.D.ning eng yirik sultonlari: Oybek (1250-57), Beybars I (1260-77), Qalovun (1279-90), Barsbey (1422-38), G’uriy (1501 — 16). 1516-17 y.larda turk sultoni Salim I qo’shinlari Suriya, Misr va Falastinni bosib olib, M.D.ni tugatgan. Turklar bosqinidan keyin Misrdagi erlarning bir qismi mamluk zodagonlariga qoldirilgan, buni evaziga ular Qohiradagi turk po- shosiga o’lpon to’lashlari lozim bo’lgan. 17-a. oxiridan Usmonli turk imperiya- shning zaiflashuvi oqibatida mamlu- klar amalda o’z hukmronliklarini ti- klashgan. Faqat Misr poshosi Muhammad Ali (1805-48 y.larda hokimlik qilgan) davridagina mamluklardan erlar tortib olingan, 1811 y. esa mamluk beylari yop- pasiga qirib tashlangan.