Mana, manna

Mana, manna — qad. Sharq davlat- laridan biri (mil. AV. 1ming yillikning 1-yarmi). Ozarbayjon hududidagi dast- labki davlat. M.ning asosiy erlari va poytaxti — Izirtu (Zirta) Jagatu Daryo- si havzasida joylashgan. Mil. AV. 1ming yillik boshlarida Urmiya ko’li atrofi- dagi r-nlarda davlat ti-pidagi mayda birlashmalar vujudga kelgan; ularning markazi shaharqal’-alarda joylashgan [ulardan biri (mil. AV. 10-9-a.lar) — Hasanlu tepada qazishma ishlari olib borilgan]. 9-a.da Ossuriya, so’ng Urartu davlatlarining bosqini tufayli ular- ning orasida M. kuchayib ketgan (ilk bor manbalarda mil. AV. 843 y. qayd etilgan). 8-a.da u qator qo’shni viloyatlarni o’ziga biriktirib yirik davlatga aylangan. Uning aholisi turli etnik guruhlarga: xurriylar, lulubeylar, kutiylar, kas- sitlar va b. qad. mahalliy qardosh qabilalar, shuningdek, mil. AV. 1ming yillik boshida bu r-nlarga tarqalgan eroniy qavmlarga mansub bo’lgan. M. jamiyatida chuqur sosial zidtsi- yatlar mavjud bo’lgan; zodagonlar, vilo- yat hokimlari, qabila boshliqlari katta rol o’ynashgan. 715-714 y.larda M. b-n ittifoqsosh Ossuriya Urartu ustidan g’alaba qozongach, M. podshohlarining qudrati yanada oshgan. 7-a. boshlari- da M. Ossuriya b-n muvaffaqiyatli ku- rash olib borgan, ammo mil. AV. 660/659 y.larda mag’lubiyatga uchragan. Shundan so’ng M.da xalq qo’zg’oloni bo’lib, pod- sho Axsheri o’ldirilgan. Key-inchalik M. Ossuriyaga ittifoqchi bo’lgan, bu hol Ossuriyani yangi Bobil podsholigi va Midiya b-n bo’lgan urushda mag’lubiyatga uchragunigacha (616 y.) davom etgan. 7-a. da M. tarixida Old Osiyoga tarqalib ketgan skiflar mu-him rol o’ynashgan. Mil. AV. 615/610— 590 y.lar o’rtasida M. Midiyaga bo’ysungan, keyinchalik uning tarkibiga kiritilgan. Sakkiz xazinasi (sakkiz sh.dan 42 km sharkda joylashgan), Zivie tepaligidan topil- gan qabrlar (mil. AV. 7-a. oxiri) M. dav- latida hunarmandchilik va san’at yuksak darajada rivojlanganligini ko’rsatadi.