«Ma’naviyat»

«Ma’naviyat» — O’zbekiston Respublikasi «Ma’naviyat va ma’rifat» kengashi nashriyoti. 1996 yil 9 sentabrda tashkil etilgan. Milliy ma’naviyatni ravnaq toptirishga, xalq ma’rifatini yuksaltirishga, jahon xalqlari tafakkuri mahsulidan o’zbek xalqini bahramand etishga yordam beradigan ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop, badiiy adabiyotlar, darslik, o’quv qo’llanmalari, kalendar va plakatlar, tarjima asarlari nashr etadi. Nashriyot 2002 yilda 37 nomda 2 million 260 ming nusxada adabiyot nashr etdi.