Manbalar, tarixiy manbalar
Manbalar, tarixiy manbalar — o’tmishda odamzod qo’li b-n bunyod etilgan tarixiy jarayon izlarini o’zida aks et- tiruvchi va kishilik jamiyati tarixini o’rganish imkonini beruvchi hoz. kungacha saqlangan har qanday osori atiqa, yozma manba, ma’naviy (til, e’tiqod, urf-odat) qadriyatlar. M. tarixiy tadqiqotlarning asosiy poydevori hisoblanadi. Ularni keng ko’lamda sinchiklab o’rganmasdan turib kishilik jamiyatining tadri- jiy taraqqiyoti tarixini tahlil qilib bo’lmaydi. M.ning xili nihoyatda ko’p, ammo ma’lum darajada aniq va to’la ma’- lumotlarga ega M. majmuasi cheklangan. Yozuv hali yuzaga kelmagan ibtidoiy ja- moa davridan faqat moddiy madaniyat qoldiqlari (turar joy, makon, manzil, mehnat qurollari) saqlangan xolos. Ulardan, asosan, ibtidoiy jamiyat davri hayotini, qisman qad. dunyo va o’rta aerlar tarixini tadqiq etishda foydalaniladi. Ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar (dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik), savdo-sotiq munosa- batlari yuzaga kelib rivoj topgan TSI- vilizasiya davri tarixini o’rganishda esa yozma manbalar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Bu davr M.ining soni va sifati kishilik jamiyatining ma’naviy kamoloti, xususan, yozuv va xatsavodning yuksakligiyu qanchalik tarq-algani va yozma M.ning saqlanish holatiga bog’liq bo’lgan. Shu boisdan bizning davrimizgacha, ayniqsa, qad. Yozma manbalar oz saqlangan bo’lsa, keying tarixiy davrlar uchun xos hisoblangan tosh, sopol, qayin po’stlog’i, pergament va qog’ozga bitilgan, shuningdek, bosma asarlar keng tarqalgan. Yozma tarixiy M., shubhasiz, kishi- lik jamiyatining ijtimoiy va shaxsiy faoliyati natijasida yuzaga kelgan. M. shartli ravishda 8 turkumga bo’linadi: yozma, ashyoviy, etnografik, lingvistik, toponimik, og’zaki (folklor), kino, fono va fotomateriallar. M.ni tur- kumlarga bo’lish, ularning yuzaga keli- shi, tadqiqot qilish, mu-alliflarini aniqlash, haqqoniyligi va to’likligini belgilash kabi masalalar b-n manbashu- noslik fan i shug’ullanadi. Ad.: Arsixovskiy A. V., Arxeologiya asoslari, T., 1970; kabi rov J., Sag- dullaev A., O’rta Osiyo arxeologiyasi. T., 1990; Ahmedov B., O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari, T., 1991. Abdulahad Muhammadjonov.