Manjurlar, manchjurlar

Manjurlar, manchjurlar, (o’zlarini Manzu deb atashadi) — xalq, umumiy soni 10 mln. kishi (1990-y. lar o’rtalari). Asosiy qismi XXRning shim.-Sharqiy qismi Dunbey (Manjuriya) da yashaydi. Tili — Oltoy mo’g’ul-tungus tiliga mansub, 16-a.dan mo’g’ul yozuviga ega. Dindorlari — buddizm, daosizm va b. dinlarga e’tiqod qiladi. Hozirda M. orasida Xitoy tilida so’zlashish keng tarqalgan, manjur tili ayrim qishloqlarda, ayniqsa, Xeylun-gjyang o’lkasida saqlanib qolgan. M. Hayotida hunarmandchilik va dehqonchilik (gal- la, soya, er yong’oq, tamaki, sabzavot) b-n shug’ullanish muhim o’rin tutadi. Manch- jur (xitoychamanchjou) etnonimi 1635 y.dan joriy etilgan, ungacha M. «nyuych- jeng» («Sharq odamlari») deb atalgan. M.ning etnogenezi mil. 4-a.dagi «mo- Xe-vuji» qabilalar Ittifoqiga borib taqaladi. Dastlab ushbu ittifoq tar- kibiga Manjuriyadagi Sungxuajang va Xeylungjyang daryolari bo’yida ovchilik va dehqonchilik b-n shug’ullanuvchi Su- muo, buoduo, anchegu, funis, Ben-xay Xao- shi, xeyshuy, bayshan kabi 7 kabila kir- gan, keyinchalik ularning soni 16 taga ko’paygan. 7-8-a.larda xeyshuy va moxe kabilalari kuchayib bo-xay davlatini tuzganlar. 926 y.bu davlat kidonlar to- monidan tugatilgan, 10-a.oxiri —11-a. da M. van’yan qabilasi asosida yana bir- lashganlar, ularni umumiy holda nyuy- jeng deb atashgan. 12-a. boshida Aguda boshchiligida nyuyjen-glarning Jin (Szin — oltin) davlati tashkil etilgan (1115-1234). Bu davlat emirilgach, nyuy- jenglar tarqab ketganlar. 1635 y. Nurxa- chi (nurxasi) ularni qayta birlashtirib, Jin davlatini tiklagan. Shundan so’ng nyuyjenglar o’zlarini man (to’la, tugal ma’nosini bildiradi), yashagan joyla- rini esa Manchjou (manlar vohasi) deb atashgan. 1636 y. bu davlat nomi chin (rus adabiyotida Tsin — tiniq, toza ma’nosi- da)ga o’zgartirilgan. M. 17-a. o’rtalarida Koreya, Xitoyni bosib olib Tsin imperi- yasini tuzdi. So’ngra Mon-goliyani, 18-a. da Tibet, Jung’oriya, torim vohasidagi davlatlarni tugatib, ular hududini ham egallab olgach, u erlarda mustamlakachi- lik rejimini o’rnatishgan. Chin (Tsin) imperiyasi ag’darilgunga qadar (1911) M.ga keng imtiyozlar be- rilgan edi. M.ning ko’pchiligi ona tili- ni unutib, Xitoy tili va madaniyatini o’zlashtirgan va Xitoy madaniyatiga ham ta’sir ko’rsatgan. Urug’chilik qoldiqdari bir qadar saqlanib qolgan.