Mansur

Mansur (al-Mansur, Al – Mansor) (? — 1002) — Kurtuba xalifaligining amaldagi hukmdori (976 yildan). Xalifa al-Hakam II davrida (961-976) Hojib lavozimini egallagan. Ispaniyaning xristian davlatlari ko’shinlarini bir necha bor qaqshatqich mag’lubiyatga uchratgan.