Manzara, peyzaj
Manzara, peyzaj — tasviriy san’-o/yaning tabiat ko’rinishini aks et- tiradigan janri va shu janrda yaratilgan san’at asari. M.da shahar ko’rinishi yoki me’moriy majmualar (me’moriy M.), dengiz ko’rinishlari (Marina) va h.k. ham tasvirlanadi. Atrof muhitni tasvirla- yotgan rassom unda o’zi va zamondoshlari- ning tabi-atga munosabatlarini ifoda etadi, shu jihatdan yaratilayotgan asar his-tuyg’u va g’oyaviy mazmunga ega bo’lib, muhim ahamiyat kasb etadi. Inson tomo- nidan atrof dunyoni ma’naviy (qisman amaliy) o’zlashtirishning turli tomon va darajalarini aks ettirgan M. o’zida katta ma’no tashiydi. Tabiat tasvirlari tabiat, uning qonuniyatlari haqidagi ta- savvurlar (olam gumbazi, oy, quyosh, yul- duzlar, dunyo mamlakatlarining shartli belgilari) yuzaga kelgan payt (neolit) dan o’z ifodasini topgan. Qad. Sharq ma- daniyatida tabi-atni yaxlit holda ko’proq aniq xususi-yatlarga ega bo’la boshla- gan hodisalar muhiti degan tasavvur shakllangan. Mil.AV. 16-15-a.lar qad. Sharq(Bobil, Ossuriya, Misr) devoriy rasmlari va bo’rtma tasvirlaridagi jang, ov va b. lavhalarda M.ning ayrim bo’laklari mavjud. Misr devoriy rasm- lari va bo’rtma tasvir (relef)larida ilk bor bezaklar ritmi orqali hayvonot, o’simlik va tabiiy hodisalarning isho- narli ta’sirchan birligiga erishilgan. Yunon san’atida, odatda, M. tarkibiy qismlarini inson tasviridan ajratib bo’lmaydi. Evropa o’rta asrlar san’ati- da M. (ayniqsa, shahar va alohida bino ko’rinishlarida), odatda, voqea sodir bo’layotgan joyning fazoviy qurilishini anikdash vositasi sifatida xizmat qilgan. Musulmon Sharqi mamlakatlari- da 13-14-a.lardan kitob miniatyurala- rida M.ga ko’proq o’rin berilgan: yashnab turuvchi sof bo’yog’i va gilamday tekis sathli kom-pozisiyasi, sehrli bog’tasav- vurini yaratuvchi tabiati, har bir bo’lak jo’shqin ko’tarinkiligi b-n diqqatga sa- zovor. Hindiston (ayniqsa, Boburiylar davri miniatyura maktabi asarlarida), Hindixitoy, Indoneziya (afsonaviy va epik mavzudagi releflaridagi tropic o’rmonlar obrazi) o’rta asrlar san’atida landshaft detallari, ayniqsa, jo’shqin qudratga ega. M. mustaqil janr sifatida Xitoyning o’rta asrlar tasviriy san’a- tida o’ta muhim o’rin tutadi. M.ga tabi- atnint doimo yangilanib turuvchi olam qonunining ko’rgazmali umumlashmasi sifatida qaralgan (bu «tog’lar — suvlar» M. turida o’z ifodasini topgan). Yaponiya san’ati (12-13-a.lar)da M. bezak san’- atida bezakdagi eng muhim ohanglarni alohida ajratib olishga moyilligi b-n diqqatga sazovor. G’arbiy Evropa san’a- tida M.ga asar ruhiy olamining muhim qismi sifatida qaralgan. Shartli za- min (tilla yoki naqshli) M. b-n almasha borgan (italyan Jotto, A. Lorentsetti, 13-14-a.lar; niderland aka-ukalar X. va Ya. Van EYK, 15-a. 1-yarmi va b.). Uyg’onish davri rassomlari chizgi va etyudlari- da olam haqidagi rasional qonunlarga amal qilib, M.ga Real voqealar muhiti sifatida qaraganlar (italyan Leonardo da Vinchi, J. Bellini, Tisian; nemis A. Dyurer, M. Nitxardt va b.), ayni shu davrda M.ning alohida janr sifatida shakllanishiga (avvalo grafikada) zamin yaratildi. 19-a. rus M. janrida romantik an’- analar etakchi rol o’ynagan bo’lsa (F. Matveev, M. Vorobev, I. Ayvazovskiy), 19-a. 2-yarmida peredvijniklar harakati b-n bog’liq realistik M. janri gurkirab o’sdi (I. Shishkin, A. Savrasov, I. Levi- tan va b.). 20-a.da Evropa va Amerikada texnika olamini tabiatga qarshi qo’yuvchi indu- strial M. keng tarqaldi. Realistik M. ham jadal rivojlandi, unda go’zal tabi- at o’ziday tabiiyligicha tasvirlanadi. O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston Xu- dudida o’rta asrlar san’atida musulmon Sharqi mamlakatlarida bo’lgani kabi naqsh — bezak asosiy o’rinni egallagan. Girih, islimiy naqshlarda uslublash- tirilgan o’simlik bo’laklari ko’p ish- latilgan. O’rta Osiyoda shakllangan mi- niatyura maktablari vakillari qo’lyozma kitoblarga ishlagan raem va bezaklar bo’yoqlarining uyg’unligi, zamin sifati- da M. va me’morlikka e’ti-borning kuch- liligi b-n diqqatga sazovor. O’rta Sharq san’ati, jumladan, Hirot, O’rta Osiyo miniatyura san’atida M. yuksak daraja- da namoyon bo’lgan. Ayniqsa, Kamoliddin Behzodning mo»jaz asarlarida M., ta- biat ko’rinishi mahorat b-n ishlangan. Uning davomchilari Mahmud Muzahhib, Abdulla Musavvir, Muhammad Mu- rod Samarqandiy, Muhammad Nodir Samarqandiy va b. ijodida xam M. ko’rinishlari muhim o’rin egallaydi. O’zbek M. janrining haqiqiy ri- vojlanishi 20-a.ga to’g’ri keladi. Shu davrda dastgoh san’atida M.ning Nodir namunalari yaratildi. P. Benkov, O’. Tansiqboev, N. Karaxan, R. Temurov, R. Ahmedov, N. Qo’ziboev, A. Mirsoatov va b. bu sohada samarali ijod qildilar va o’zbek tasviriy san’atida M. janri ri- vojiga katta hissa qo’shdilar. Ne’mat Abdullaev.