Manzum
Manzum (Arab. — tuzilgan, te- rilgan ya’ni, nazm holiga keltirilgan), aytim yo’li — Xorazm maqomlari ashu- la bo’limining nomi. Har bir maqomda M. bir necha ashula qismlaridan iborat yirik turkumni tashkil etadi. Ular- da tuzilishi birligi, vazn-usul va shak-llarning esa xilma-xilligi b-n ta’riflanadi. M.ning bosh sho»basi Shashmaqomdan farqli o’laroq bosh cholg’u qismi kabi tani maqom deb ataladi. Aso- siy qismlari — talqin, Nasr, Tarona, Suvora, naqsh, faryod, Ufar va b. o’ziga xos ashula yo’llarini o’z ichiga oladi. Ular muayyan tartibda, asosan g’azallarga bastalangani uchun M. deyiladi.