Maorilar

Maorilar — yangi Zelandiyaning tub aholisi. Umumiy soni 320 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari). Maori ti- lida so’zlashadi. Hoz. M. — xristian Di- nining turli oqimlariga (anglikanlar, presviterianlar, katoliklar, bapti- stlar va b.) e’tiqod qiladilar. M.ning ajdodlari 10-14-a.lar mobaynida Markaziy Polineziyadan Yangi Zelandiya o.lariga kelib o’rnashib, melanezlarnyapt qad. ajdodlariga qardosh bo’lgan tub aholi b-n qo’shilib ketganlar. Ularning asosiy mashg’uloti dehqonchilik, terim- chilik, baliqchilik va ovchilik (asosan, qushlar va mayda hayvonlar ovlangan). Yagona uy hayvoni — it bo’lgan. Boshqa polineziyaliklar kabi M.da ham kemasoz- lik va dengiz say-yoxligi taraqqiy etgan. Yangi Zelandiya Buyuk Britaniya tomoni- dan istilo etilgan davrda (19-a. 1-yarmi) ko’p sonli M. qabilalari ibtidoiy ja- miyatning emirilish bosqichida edi. Sardorlar, ozod va qaram jamoachilar tabaqasiga ajralib turgan; patriarxal qulchilik mavjud bo’lgan. 20-a.da M.ning ingliz — yangi zelandiyaliklar b-n mu- rakkab aralashuv jarayoni boshlangan. M. madaniyati umum yangi Zelandiya madaniya- tining tarkibiy qismidir.