MAQSADLI AJRATMALAR

MAQSADLI AJRATMALAR – nobudjet fondlarning daromadlar qismini shakllantiradi. Bu ajratmalarning manbayi ishlab chiqarilgan (yaratilgan) yalpi ichki mahsulot bo’lib, uning hisobidan birlamchi daromadlarni shakllantirish jarayonida ijtimoiy maqsadlar uchun nobudjet fondlarga, mehnat haqi fondiga bog’langan va mahsulot tannarxining tarkibiga kiritiladigan to’Iovlarning tegishli qismi tarkib topadi: pensiya fondiga, majburiy tibbiyot sug’urtasi fondiga va h.k.