Marathalar davlati

Marathalar davlati – 17-a. ning 2-yarmi va 19-a. boshida Maharashtra (Hindiston)da mavjud bo’lgan davlat. Maharashtraning aholisi musulmon er egalari tomonidan g’oyat jabrlangan. Ular shu bois Boburiylar hukmronligiga qarshi ozodlik harakatlari boshlagan. Bu qo’zg’olonga Shoxji, so’ngra uning o’g’li Shivaji boshchilik kilgan. 1674 y.da mustaqil M. D. tuzilgan. M. D.ni markazlashtirish maqsadida bir necha ma’muriy islohot o’tkazilgan, yirik er egalarining erlari musodara qilingan, dehqonlardan qat’iy soliq (hosilning 30-40%) undirish qonunlashtirilgan. Shivaji b-n Boburiy podsho Avrangzeb o’rtasidagi urushlar bir necha yil davom etgan. Shivajining o’limidan so’ng (1680) M. D.ga putur eta boshlagan. Avrangzeb 1689 y.da Maharashtra qo’shinlarini tormor etib, Shivajining o’g’lini qatl etgan. 1714 y.da marath er egalaridan ba- laji Vishvanath Bxat taxtga o’tirgan va peshvolar sulolasiga asos solgan. Shun- dan boshlab M. D.da hokimiyat rasmiy ravishda peshvo (bosh vazir)larga meros qoladigan bo’lgan. Ularning qarorgohi Puna sh. bo’lgan. Keyingi peshvo Baji Rao davri (1721-40) da marathalar dekan va shim. Hindistonning katta qismini egallaganlar. 1758 y. marathalar bo- buriylar poytaxti — Dexlini zabt etishgan. 1761 y. Nyanv.da Panipatdagi jangda marathalar (S. Bxau boshchiligi- da) afg’onlardan (Ahmadshoh Durroniy qo’mondonligida) mag’lubiyatga uchragach, ittifoq tarqab ketgan. Shundan so’ng o’zaro ichki kurash kuchaygan. Bundan foy- dalangan inglizlarning Ost-Indiya kom- paniyasi M. D.ni bosib olgan (1818). Ad:. Novaya istoriya Indii, M. 1961; G’iyosov T. G’., Hindistonning yangi tari- XI, T., 1999. Temur G’iyosov.