Marjoniy Shahobiddin

Marjoniy Shahobiddin (to’liq nomi: Shahobiddin bin Bahouddin bin Subhon bin Abdul Karim al-Marjoniy) (1818, Qozon sh. yaqinidagi Yapanchi qishlog’i — Kozon, 1889) — ma’ri- fatparvar va faylasuf, tarixchi va ilohiyotchi olim, tatar xalqi ilmiy ta- rixining asoschisi. 1838-43, 1845— 49 i.da M. Buxorodagi Ko’kaldosh va Mir Arab, 1843-45 y.da Samarqanddagi Sherdor madrasalarida o’qidi va dare berdi. S. Ayniynnng yozishicha, Amir Nasrulloning ta’qibidan so’ng qisqa muddat Samarqandda yashadi. U Buxoro va Samarqandda Arab va fors tillari- ni puxta o’rgandi, Sharq falsafasi va tarixi b-n tanishdi, mat. va astrono- miya b-n shug’ullandi. M. Buxoroda olim sifatida shakllandi va Kursaviy il- miy merosi b-n tanishdi. Ahmad Do- nish b-n hamkorlikda ma’rifatparvar- lik g’oyalarini tarqatishda jonbozlik ko’rsatdi. M. Buxoroda «Movarounnahr mashhur ulamolarining ahvoli va ish- lari» hamda Kursaviyning Buxorodagi faoliyati va mahalliy hokimiyat b-n mu- rakkab munosabati to’g’risidagi asarini ezdi. Turkiston tarixi va Geo-gr.siga oid ko’plab asarlari mavjud, xususan, uning 10— 12-a.larda Movaro-unnahr xonaqolari va tasavvufning ahvoli, tur- kistondan etishib chiqqan buyuk alloma – lar haqidagi tadqiqotlari diqqatga sa- zovor. 1850 y.da Qozondagi katta jome mas- jidi imomi, 1867 y.da muhtasibi. Ayni paytda Kozon tatar o’qituvchilari makta- bida dare berdi (1876-84). 30 dan ortiq yirik asarlar muallifi. Kursaviy, M, Axmad Donishning Islom dinini isloh qilish va ma’rifatparvarlik g’oyalari keyinchalik jadidchilik harakatining vujudga kelishida muayyan darajada xiz- mat qildi. Ad.: Islam v tatarskom mire: istoriya i sovremennost, Kazan, 1997; Mardja- ni: Nasledie i sovremennost, Kazan, 1998; Yusupov M. X., Shigabutdin Mar- Djani kak istorik, Kazan, 1981. Qahramon Rajabov.