Markaziy Amerika

Markaziy Amerika – shim. Amerikaning Jan. qismi. Meksika tog’ligining Jan. etagidagi Balsas botig’idan Daren bo’ynigacha davom et- gan (ba’zan M. A.ning chegarasini Te- uantepek va Panama bo’yinlari orqali o’tkazadilar). Uz. 2400 km. Eni Pa- nama bo’ynida 48 km. Yukatan ya.o.da 960 km. G’arbdan tinch okean, shim. va sharkdan Meksika qo’ltig’i va Karib dengizi b-n o’ralgan. M. A. hududida Meksikaningjan.-Sharqiy qismi, Gvate- mala, Salvador, Gonduras, Nikaragua, Kostarika, Panama, Beliz davlatlari joylashgan. Umumiy mayd. 770 ming km2. Aholisi taxm. 45 mln. kishi (2001). Tinch okean sohili kambar pastgekis- lik bo’lib, qirg’oq chizig’i shim.da to’g’ri, Jan.da qo’ltiklar b-n parchalangan, yarim Orol va orollar bor. Meksika qo’ltig’i sohilining aksari qismi tekis. Karib dengizi tomonida Gonduras qo’ltig’i bor. Qirg’oq bo’ylab mayda orollar joylash- gan, ularning ko’plari marjon orollar- dir.M. A. ning katta qismini Kordile- ra tog’lari sistemasiga kiruvchi o’rtacha balandlikdagi tog’lar egallagan. Shim. qismida Tavasko, Yukatan, Moskitiya kabi yirik pasttekisliklar bor. Tava- SKO b-n Moskitiya akkumulyativ tekisli- klar, Yukatan esa neogen ohaktoshlaridan tuzilgan platformadir. Kordilera tog’lari geosinklinal mintaqasi mu- rakkab taraqqiyot jarayonini o’tgan, ichki tuzilishi va relefi xilma-xil. Kayno- zoyda er yuzasi ancha ko’tarilib, yoriqlar hosil bo’lgan, vulkanlar otilib turgan. Hozir ham tez-tez zilzilalar bo’lib tu- radi.M . A.da Kordilera tog’lari uchta yoysimon tizmadan iborat. Shulardan eng yoshi vulkanli yoki tinch okean bo’yi tog’lari bo’lib, Meksika chegarasidagi Takana (bal. 4117 m) va Taxumulko (4217 m — M. A.ning eng baland nuqtasi) vul- kanlaridan boshlangan va tinch ocean sohili bo’ylab, Nikaragua botig’i orqali Panamaning g’arbiy qismigacha davom etgan. Bu tizmada o’nlab so’nmagan vul- kanlar bor. Qad. tog’jinslari orasidan oltin va kumush, qo’rg’oshin, surma, neft, oltingugurt va b. foydali qazilma kon- lari topilgan. M. A. shim. tropik (Nikaragua botig’igacha) va shim. subekvatorial iqlim mintaqalarida joylashgan (7— 22° sh. k. lar). Yil davomida o’rtacha oy- lik t-ra farqi kam. Eng salqin oyining o’rtacha t-rasi 21-26°, eng issiq oyiniki 27-28°. Yillik yog’in tog’larning Atlan- tika okeaniga qaragan yon bag’rida 7000 mm gacha, sohilda 1500-4000 mm, tinch okeanga qaragan yon bag’irlarida 1000— 1700 mm, ichki soyliklarda va Yukatan ya.o.ning shim.-g’arbida 500 mm dan kam. Daryolari qisqa, tezoqar va gidro- energiyaga boy. Atlantika okeaniga oquvchi daryolar yil bo’yi sersuv, tinch okeanga okuvchi daryolar esa fakat ezda to’lib oqadi. Tektonik soyliklarda kul ko’p; shulardan eng yiriklari: Nikaragua va Managua. M.A.ning tuproq va o’simlik mintaqalari iqlim mintaqalariga muvofiq joylashgan. Shim.-Sharqiy qismidagi pasttekisliklarda va tog’ yon bag’irlarining 800 m balandlikkacha bo’lgan qismidagi podzollashgan laterit tuproklarda palma, rangli yog’och oli- nadigan daraxtlar, liana va epifitli tropik o’rmonlar bor. Bu erdagi plan- tasiyalarda tropik ekinlar (banan va b.) etishtiriladi. 1700 m gacha, asosan, da- raxtsimon paporotniklar, 3200 m gacha dub, magnoliya va igna bargli daraxtlar usadi. Undan yuqorisi Alp o’tloklari. Tog’larning tinch okeanga qaragan yon bagirlarida qarag’ay o’rmonlari bor. Yassitog’liklar esa yaylov va ekinzor. Yuqoriroqda, kizil tuprokli erlarda dub yoki igna bargli daraxtlar o’sadi. Quyi mintaqalarda tamaki, paxta eki- ladi. 600— 900 m balandliklar orasida kofe o’stiriladi. Nikaragua soyligi- dan shim.da ko’proq shim. Amerikaga xos o’simliklar, undan Jan.da Janubiy Ame- Rikaga xos o’simliklar o’sadi. Hayvonot dunyosi jihatidan M. A. Neotropik oblastining Markaziy Ame- Rika kichik oblastiga kiritilgan. Jan. Amerikaga xos hayvonlardan keng bu- runli maymunlar, yaguar, zirxlilar, iguan kaltakesak va b. yashaydi. Shim. Amerika hayvonlaridan silovsin, enot, har xil kemiruvchilar, qushlar uchraydi. Tapir, kemiruvchilar, ko’rshapalak va qushlarning ba’zi turlari endemikdir. Ad.: Ryabchikov A. M., Fizicheskaya Geo- grafiya materikov i okeanov. M., 1988.