Markaziy bank

Markaziy bank – 1) mamlakat- ning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib chiqarish) va tijorat bankla- ri faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki. M.b. «ban- klarning banki» bo’lib, pul muomala- sini tartibga solishda va byudjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ hisoblanadi. Pul emis- siyasini amalga oshirish, davlatning ol- tin-valyuta zaxiralarini saqlash, bank tizimini kreditlash, hukumat va tijo- rat banklarining hisoblarini olib bo- rish, pul muomalasini tartibga solish, kredit muassasalarini nazorat qilish M.b.ning asosiy vazifasiga kiradi. Buyuk Britaniyada Angliya banki, AQSh Federal zaxira banki, Germaniyada bun- desbank, Yaponiya banki ja-hondagi eng yirik M.b.lar qatorida turadi. 2) O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki. O’zbekiston Respu- blikasining 1991 y. 15 Fev.da Kabul qilingan «banklar va bank faoliyati to’g’risida» qonuniga muvofiq, mamla- katning Davlat banki sifatida tashkil etilib, 1992 y. 2 iyulda O’zbekiston Respublikasining Markaziy bankiga aylantirildi. M.b.ning faoliyati asos- lari «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi qonunida (1995 y. 21 dek.) belgilab berilgan. M.b. o’z sarf-xarajatlarini o’zining daro- madlari hisobidan amalga oshiradigan, iqtisodiy jihatdan mustaqil yuridik shaxs bo’lib, davlatning mutlaq mulki hisoblanadi. M.b.ning asosiy vazifala- ri milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash, monetar siyosatni hamda valyuta ni tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish, respublikada hisobkitobning samarali tizimini tashkil etish va ta’minlash, banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish. O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini, shu jumladan, kelishuv bo’yicha hukumat re- zervlarini saqlash va boshqarish, davlat byudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi b-n birgalikda tashkil etish- dan iboratdir. M.b. ishiga uning oliy organi — Markaziy bank raisi, uning o’rinbosarlari va asosiy bo’linmalar rahbarlaridan iborat boshqaruv rahbarlik qiladi. M.b. O’zbekiston Res-publikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. M.b. o’z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilishda mustaqil bo’lib, Uzbekiston Respublikasi hududida ijro etilishi majburiy bo’lgan normative hujjatlar chiqaradi. M.b. yagona markaz- lashtirilgan boshqaruv tizimi bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi, vilo- yatlar markazlarida va tosh-kent sh.da bosh boshqarmalarga ega. M.b. huzurida alohida yuridik shaxs bo’lgan axborot- lashtirish Bosh markazi, Respublika in- kassasiya birlashmasi, «Davlat belgisi» ishlab chiqarish birlashmasi, Respublika valyuta birjasi, bir necha i.t. muassasa- lari va o’quv yurtlari faoliyat ko’rsatadi. M.b. valyutani tartibga solish va valyu- tani nazorat qilish davlat organidir. U o’zining balans hisobvaraqlarida oltin va b. qimmatbaho metallarni, nakd chet el valyutasini, chet el banklarida, xalqaro moliya tashkilotlarida hisob-varaqalar va depozitlarda bo’lgan chet el valyuta- sidagi qimmatbaho qogozlarni o’z ichi- ga olgan Uzbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini shakllantiradi. M.b. Uzbekiston hududida qonuniy to’lov vositasi sifatida banknotlar va tan- galar ko’rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega bo’lib, naqd pulsiz hisobkitoblar shakllari va qoidalarini, shuningdek, kassa operasiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi. M.b. Uzbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti (xazi- na vakili) sifatida ish tutadi, bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning man- faatlarini himoya qilinishini ta’min- lash maqsadida banklarni lisenziyalay- Di, faoliyatini nazorat kidali, kredit uyushmalari hamda lombardlarning fao- liyatini tartibga soladi, ularga o’z fao- liyatini amalga oshirish uchun lisenziya- lar beradi. Fayzulla Mullajonov.