MARKAZIY (EMISSION) BANK
MARKAZIY (EMISSION) BANK – davlat banki bo’lib, mohiyatan “bankirlar banki” hisoblanadi. U davlatning butun iqtisodiy siyosatini tartibga solishda pul muomalasini pul emissiyasi vositasida boshqaradi. Markaziy bank boshqa barcha banklar va pul muassasalari faoliyatini ham moliyalashtirish, ham tartibga solish orqali boshqarib turadi. Umuman, u mamlakatning barcha pul-kredit tizimini boshqaruvchi, pul birliklarini muomalaga chiqarish va ularni muomaladan qaytarib olish bo’yicha yagona, ya’ni monopol huquqqa ega bo’lgan bankdir.