Mashina so’zi

Mashina so’zi – EHM ning operativ xotira qurilmasida saqlanadigan va mashina qurilmalari bilan ishlashda kod guruhi (so’z) sifatida kabul qilinadigan raqamlar, harflar va boshqa timsollar majmui. Mashina so’zi EHM uchun axborot o’lchovi (birligi) vazifasini o’taydi. Bu birlik sonlar, harfli va harfraqamli ma’lumotlar, buyruklar shaklida bo’lishi mumkin. Mashina so’zi o’zaro bog’langan va raqamlangan razryadlardan tashkil topadi. Shu razryadlar soni Mashina so’zi uzunligini belgilaydi. Mashina so’zi uzunligi o’zgaruvchan va o’zgarmas bo’lishi mumkin. Uzunligi o’zgaruvchan Mashina so’zida mashina xotirasidan to’liqroq foydalaniladi. Mashina xotirasining bir uyasida bir nechta Mashina so’zi joylashishi mumkin.