«Mashrab»

«Mashrab» — hajviy jurnal. 1924— 27 y.larda Samarqandda «Zaraf- shon» gaz.siga ilova tarzida 2 haftada bir marta chiqqan. Jur. 2 yil davomida (40soniga qadar) Hoji Muin, so’ngra shoir Bektosh muharrirligida nashr etilgan. 1927 y.ning may oyida o’z FA- oliyatini to’xtatgan. «M.»ning asosiy vazifasi kundalik turmushdagi nuqson va kamchiliklarni, salbiy hodisalarni, inson axloqiga zid xatti-harakatlarni tanqid qilishdan iborat bo’lgan. Uning nashr etilishi tufayli Samarqanddagi iqtidorli yoshlar orasidan talaygina hajvchilar etishib chiqdi. «M.»da Ayniy, Rojiy, Siddiqiy, G’ozi Yunus, Rafiq Mo’min, Usmon Akromiy, Komil Aliev, Abdulhamid Majidiy, Mahmud Subay, Hamid Olimjon kabi shoir, yozuvchilar hamda maqolanavislar faol hamkorlik qilganlar. Jami 58 soni chiqqan. Adadi 4 mingga etgan. Ad.: Ziyo Said, O’zbek vaqtli matbuo- ti tarixiga materiallar (1870-1927): Tanlangan asarlar, T., 1974; Pidaev T., Matbuot — millat chirog’i, T., 1999. Mashriq (Arab.) — 1) dunyoning to’rt tomonidan biri, Sharq, kunchiqar tomon, Sharqiy o’lkalar; 2) Arab Sharqining nomi, Xuroson va Movarounnahr ham ba’zi tarixiy adabiyotlarda M. deb atalgan; 3) Arabiston ya. o.dagi tog’; 4) Yamandagi viloyat; 5) Mashriq mamlakat- lari — Sharq mamlakatlari. Mashrikdan Mag’ribgacha — sharkdan g’arbgacha.