Masofa

Masofa — geometrik tushuncha; mazmuni qanday ob’yekt uchun aniqlanishi bilan bog’liq. Masalan, 2 nuqta orasidagi Masofa — ularni birlashtiruvchi to’g’ri chiziq kesmasining uzunligi; nuqtadan to’g’ri chiziq (tekislik) gacha bo’lgan Masofa — shu nuqtadan berilgan to’g’ri chiziqqa (tekislikka) tushirilgan perpendikulyar kesma uzunligi.