Mas’ud ibn Usmon Ko’histoniy

Mas’ud ibn Usmon Ko’histoniy (16-a.) — tarixchi olim. Dastlab shayboniylarlyaya Abul- xayrxonning o’g’li Suyunchxo’jaxonning, uning vafotidan (1531) keyin Samarqand hukmdori AB-dullatifxoshplnt (1540— 51) bosh munshiysk bo’lgan. M.i.U.K. fors tilida «tarixi Abulxayrxoniy» («Abul- xayrxon tarixi») nomli asar yozgan. Unda Abulxayrxon hukmronligi davrida shay- boniy va Mang’it uluslarining ijtimo- iysiyosiy ahvoli; O’zbek ulusining tash- kil topishi va uning qo’shni hududlarga uyushtirgan harbiy yurishlari bayon etilgan. Bu asar Dashti Qipchoqdagi ko’chmanchi turkiy qabilalarning ijti- moiysiyosiy hayotini o’rganishda muhim manbadir. Asarda O’zbek ulusining temu- riylar b-n bo’lgan munosabatlari (15-a. o’rtalari), ularning te-muriy sultonlar (Abu Sayd, Muhammad Jo’qi, Sulton Husayn va b.) o’rtalaridagi o’zaro urush- larda qurolli aralashuvi va 16-a.ning boshida Movarounnahr va Xurosonni Shayboniylar tomonidan bosib olini- shi haqida ma’lumotlar bor. Asarda 30 ga yaqin turkiy qabila nomlari kelti- rilgan hamda shayboniylarning qo’shin tuzilishi, jumladan, chap (juvang’ar) va o’ng (6arang’ar) qanotlari haqida ma’- lumotlar keltirilgan. Asar nusxalari O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida, Sankt-Peterburg va London kutubxona- larida mavjud. Ld.: Axmedov B.A., Istoriko-geogra- ficheskaya literatura Sredney Azii XVI — XVIII vv. Pismennie pamyatniki, T., 1985.