Matal
Matal — muayyan hayotiy hodisani aniq va to’g’ri belgilab beradigan obrazli ifoda, ibora. Matalda o’xshatish, taqqoslash, kinoya, qochiriq so’z kabi badiiy vositalardan foydalaniladi. Majoziy iboraning o’z asl ma’nosi bilan ko’chma ma’nosi o’rtasida yaqinlik, mantiqiy bog’lanish bo’lishi lozim. Matal bir yoki bir necha jumladan tuziladi, ular orasida qofiyalanish hamisha ham saqlanmaydi. Masalan, «shamol bo’lmasa, daraxtning shoxi qimirlamas», «qizim senga aytaman, kelinim sen eshit» va boshqalar.