MAVJ

MAVJ (o’lik to’lqin) — okean yoki dengiz yuzasining to’liq shamolsizlik holatdagi erkin tebranma harakati. Shamol to’lqinlari yoki ularning shamol to’xtagan zonadan o’zgarib chiqishi ta’siri natijasida, cho’zinchoq va qiya to’lqinlar shaklida, hosil bo’ladi. Suv yuzasida ketma-ket keladigan marza va ular orasidagi botiqlardan iborat. Mavj kattaligi va shakli bo’yicha bir-biridan deyarli farq qilmaydi, undagi suv zarralari to’g’ri doiraviy orbitalar bo’ylab harakat qiladi. Mavjning eng past qismi Mavj etagi, eng baland qismi Mavj yoni qirrasi, eng baland qismi bilan eng past qismi orasidagi tik balandlik Mavj balandligi, yoni bilan yoki etagi orasidagi masofaga Mavj uzunligi deyiladi. Mavj ma’lum vaqt mobaynida (masalan, bir sekundda) o’tgan masofaga Mavj tezligi deyiladi. Mavj balandligi okeanlarda 10-15 metr, dengiz zilzilasi vaqtida 50 metrga yetishi mumkin, Mavj uzunligi 300-400 metr, davri 17-20 sekundgacha bo’ladi.