MAVZE

MAVZE — joy. Shaharning ayrim nomlar bilan yuritiladigan qismlari. Masalan, Ko’kcha mavzesi, Bo’rjar mavzesi, Beshyog’och mavzesi va hokazolar. Qadimda shahar devoridan tashqarida joylashgan, shaharliklarning xususiy mulki hisoblangan joylar Mavze deb atalgan. Mavzelarda shaharliklarning yoz paytida ko’chib chiqadigan bog’lari joylashgan. Qadimdan bu joylar garchi qisman bo’lsada, mahalla ahllarining umumiy joyi bo’lgan, ba’zi hollarda bu joylar shahar ichidagi mahallalarning nomlari bilan bir xilda atalgan (masalan, Toshkent shahrida Chuvalachi, Yangiariq, Xiyobon, Taxtapul va hokazolar). Bunday Mavzelar O’zbekistonning Samarqand, Buxoro, Farg’ona, Namangan, Andijon va boshqa shaharlarida ham bo’lgan.