MAX (Mach) Ernst

MAX (Mach) Ernst (1838.18.2, mo- raviya — 1916.19.2, Myunxen yaqinidagi xar sh.) — avstriyalik faylasuf, Fi- zik. Venauntida privatdosent (1861), Gras untida fizika prof. (1864), Pra- gadagi nemis untida fizika prof. va rektor (1867), Vena untida falsa-FA prof. (1895-1901). M. fizika va fal- safa sohasida yirik tadqiqotlar olib borgan. Uning ilmiy g’oyalari nazariy mexanika, optika, akustika, kosmologiya va bilish nazariyasida salmokli o’rin egallaydi. M. tom ma’noda klassik mexa- Nikaga asoslangan olamning ilmiy man- zarasini o’zgartirishga kirishgan jur’- atli olimlardan biri. A. Eynshteyn nisbiylik nazariyasini kashf etishda o’ziga M.ning asarlari katta yordam ber- ganligini ta’kidlagan. «Mexanika. Ri- vojlanishining tarixiytanqidiy ocher- ki» asarida I. Nyutonning vaqt, fazo va harakat haqidagi qarashlarini tanqidiy tahlil etib, ularning mutlaqyaigi haqidagi g’oyaning biryoqlama ekanligi- ni ilmiy asoslaydi va inersial siste- malarning Koinotning umumiy massasi b-n belgilanishini ta’kidlovchi «Max printsipi»ni ilgari suradi. Bu printsip hoz. zamon kosmologiyasida ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda fazo-vaqt kon- tinuumi metrikasi koinotda moddaning taqsimlanishiga bog’liqdigini asoslov- chi g’oya mujassamlashgan. Bu g’oya umumiy nisbiylik nazariyasining bugungi kun- dagi taraqqiyoti uchun ham muhim evri- stik ahamiyatga egadir. M. pozitivistik falsafaning 2- bosqichi hisoblangan empiriokritisizm falsafasining asoschilaridan biri si- fatida klassik mexanikaning «absolyut fazo-vaqt» haqidagi tasavvurlariga relyativistik nuqtai nazarni qarama- qarshi qo’yish asosida voqelikni sezgi- lar majmuasi sifatida talqin etadi. M. tarafdorlari bilish va tajribaning tabiatini, sub’ekt va ob’ekt muammo- sini, «narsa», «substantsiya» kategoriya- larining xususiyatlarini, voqelikning asosiy «elementlari»ning tabiatini, jismoniylik va ruhiylikning o’zaro munosabati va b. shu singari muammolar- ni yangicha tadqiq etishga kirishishdi. Ularning nuqtai nazaricha, falsafaning vazifasi ilmiy bilish nazariyasini yara- tishdan iborat. Maxistlar tabiatshu- noslikda 19-a.ning oxiri va 20-a.ning boshlarida qilingan yirik kashfiyotlar olamning ilmiy manzarasining tubdan o’zgarishiga sababchi bo’lishi b-n bir qatorda «materiya yoki moddiylikning aslida yo’qligini isbotlaydi», degan Xu- losani yoqlab chiqishdi. M. sababiyat, zaruriyat, substantsiya tushunchalarini «tajribadan» tashqari, «tajribada» bo’lmagan tushunchalar si- fatida talqin etgan. M. mansub bo’lgan empiriokratisizm falsafasi 20-a. ara- fasida fizikadagi buyuk kashfiyotlar- ni materializmga tayanmasdan yangicha tushunishga yo’l ochuvchi prin-tsiplarni ilgari surdi. Ammo bu prin-tsiplar yangi fizikaning mohiyatini anglash uchun etarli emas edi, chunki, mikrodu- nyo hodisalarini makroskopik tarzda talqin etish ob’ektning asl mohiyatini anglashga to’sqinlik qilardi. Shu sabab- li pozitivizmning bu ko’rinishi falsa- FA tarixida o’tkinchi bir hodisa bo’lib qoldi, xolos. Asosiy asarlari: «sezgi- lar tahlili», «Mexanika», «bilish va yanglishish» va b.