Maxdum

Maxdum (Arabcha — xizmat qilinuvchi odam) — pir va ustozlarga beriladigan laqab. Odatda pir va ustozlarga o’z muridlari va shogirdlari xizmat qilishgan. Maxdumni ba’zi joylarda pir, ustoz va ulamolarning o’g’illariga nisbatan ham ishlatadilar. Ba’zan Maxdum so’zi «Maxsim» deb noto’g’ri ishlatiladi. Naqshbandiylik tariqati shayxlaridan Sayyid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jaloliddin Kosoniy Dahbediy «Maxdumi A’zam», ya’ni «ulug’ Maxdum» deb e’zozlangan.