Mayami

Mayami — AQShning Janubiy- Sharqiy qismidagi shahar, Florida shtatida, Atlantika okeani sohilida. Aholisi 362,4 ming kishi (2000, shahar atrofi bilan 2 million kishi). Dengiz porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatda eng yirik yuk aeroporti bor. Kruiz kemachiligi markazi. Yil davomida ishlab turadigan iqlim kurorti. Muhim savdo-moliya markazi. Mashinasozlik, radioelektrotexnika, aviasozlik, poligrafiya, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati korxon;iari mavjud. Zargarlik buyumlari, tibbiyot jihozlari ishlab chiqariladi. Universitetlar, opera teatri, badiiy muzey, okeanarium, botanika bog’i bor. Biskeyn-Bsy qo’ltigidagi ko’priklar orqali Mayami-Bich shaharchasi bilan bog’langan. Sohil bo’ylab mehmonxona, sanatoriy, motellar joylashgan. Shaharga 1895 yilda asos solingan. Turizm rivojlangan (har yili 5 million chamasida turist kelib-ketadi).