Maysa pashshasi

Maysa pashshasi (Chorthophila fl orilega Zett.) — ikki qanotlilarta man- sub zararkunanda hasharot. M.p. sining lichinkalari ekilgan urug’larni va chi- gitni zararlaydi. O’rta Osiyoda uchraydi. Voyaga etgan pashshasi tanasining uz. 5,5 mm, uy pashshasiga o’x-shaydi. Tanasi to’q qo’ng’ir, qorinchasi kulrang, tuxumi oq, uz. 0,9 mm ga yaqin. Lichinkasining uz. 7 mm. Soxta pillalik, lichinkalik yoki ima- go fazalarida qishlab chiqadi. Qishlab chiqqan soxta pillalardan mart oxiri — apr. boshlarida katta yoshdagi pashsha- lar uchib chiqadi, ularning urug’don va tuxumdonlari chala rivojlangan bo’lib, ular 2-4 hafta ichida to’liq etiladi. Urg’ochilari tuxumlarini 1-4 tadan tuproq betiga, tuproq yoriklari ichiga va kesaklar orasiga sochib qo’yadi. Bitta urg’ochi pashsha 100 donagacha tuxum qo’yadi: tuxum qo’yish davri 12 kungacha cho’ziladi. Yoz faslida 2-4 kun, erta bahorda va kech kuzda 5-10 kun o’tgach, tuxumlardan lichinkalar chiqadi va dar-hol tuproq orasiga kirib yashirinadi. Lichinka- lar tuproqning 3-5 sm chuqurligida yashaydi; ularning rivojlanishi 1-2 hafta davom etadi; lichinkalar ekilgan urug’larni kemirib, zarar etkazadi. Ku- rash choralari: urug’lar unib chiqishini tezlashtirish uchun ekitshdan oldin IVI- tish; erni sifatli ishlash. M. p. ko’p uchraydigan erlarga organik o’gitlarni kuzda solish tavsiya etiladi. Saidmurod Alimuhamedov.