Megaspora

Megaspora (Mega… va spora) — urg’ochi jinsiy bo’g’in (ochiq urug’lilarda boshlang’ich endosperm, yopiq urug’li o’simliklarda murtak xaltacha) rivojlanadigan spora. Megasporofitning bo’linishi natijasida hosil bo’ladi. Jinsiy bo’g’inning boshlang’ich rivojlanish bosqichi Megaspora ichida o’tadi, keyin Megaspora qobig’i ochilib, arxegoniyli jinsiy bo’g’in bo’laklari tashqariga chiqadi. Urug’li o’simliklarda Megaspora urug’ kurtakning Markaziy qismi — nusellusga o’xshash.