Mehnatni tashkil etish

Mehnatni tashkil etish – na- Zariya va amaliyotga asoslangan holda kor- xonada ish jarayoni unsurlarini uyushti- rish tartibi va tamoyillari. M.t.e.ning iqtisodiy vazifa-l ar i ga milliy iqtisodiyotda inson va moddiy resure- lardan oqilona foydalanish, mahsulot i.ch.ni va uning sifatini oshirish; sa- nitariyagigiena va ruhiyfiziologik va- zifalariga ishchixodimlar so-g’lig’ini muhofaza etish, mehnat sharoitlarini belgilangan standart va me’yorlarga mosligini ta’minlash; ijtimoiy va- zifalariga mehnatning mazmuni, uning ijodiyligini, kishilarning ma’naviy kamol to-pishini rivojlantirish, ular- ning ijtimoiy muhofazasini tashkil etish; tashkiliy vazifalariga har bir ish joyini tashkil etishda ergo-nomik talablarga muvofiklikni ta’minlash kiradi. Dastlab, amerikalik muhandis va olim F.U.Teylor (1856-1915) mehnatni «ilmiy boshqarish» muammosini amaliy jihatdan asoslab bergan va o’z kontsepsi- yasining asosiy qoidalari va tamoyil- larini «fabrikani boshqarish» (1919) va «korxonani ilmiy bo-shqarish asos- lari» (1911) deb nomlangan asarlarida bayon qilgan. Keyinchalik amerikalik F. K. Gilbert (1868— 1924), X. Emer- son (1853-1931), Genri Ford (1863— 1947) ham mazkur mu-ammo echimiga o’z hissalarini qo’shishgan. M.t.e. — mehnat munosabatlarini tashkil etish hamda mehnatning ashyo- viy unsurlarini tashkil etishga AJ- ratiladi. Bu darajalarning har biri mehnat taqsimoti va unga mos keladigan mehnat kooperasiyam kabi tushunchalar b-n bog’liq. Bozor iqtisodiyoti sharoi- tida M.t.e. quyidagi tamoyillar aso- sida amalga oshiriladi: shaxs ni kamol toptirish (har bir insonda individual sifat ko’rsatkichlari rivojlanishini ta’minlash); xavfsizlik (ishchi o’z ish joyida, sog’lig’iga, daromadiga, ish b-n ta’minlanishiga kafolat beruvchi xav- feizlikka ishonch hosil qilishi); ad o lat (korxona mehnat natijalarida har bir ishchining manfaatlari ifodalani- shi). Mehnat, dastlab, ishlarning tarki- bi, mazmuni, hajmi va intensivligiga, ish vaqtidan foydalanish darajasi va asbob-uskunalar murakkabligiga qarab inson imkoniyatlari hamda kasbiy tayyor- garligiga binoan tashkil etishni talab qiladi. Mehnat sharo-itlarini tashkil etish — dam olish va mehnat rejimi, i.ch. madaniyatini oshirish kabi tadbirlar b-n aloqador. M.t.e. tizimida kadrlarni kasb talablarga asosan tanlash, shaxsiy sifatlarini inobatga olish, kadrlarni tay-yorlash, joy-joyiga qo’yish, malaka- sini oshirish kabi masalalar hal etila- Di. Ayniqsa, mehnatning ijtimoiy- iqtisodiy rag’batlari, xodimlarning jamoa boshqaruvida ishtirok etishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega; ish o’rnini jihozlash — barcha asosiy va yor- damchi texnologiya uskunalari, moslama- lar, asboblar, ish mebellari va maxsus qurilmalarni optimal joylashtirishga alohida e’tibor beriladi. M.t.e.ning muhim yo’nalishi — in- tizomdir. Kishilarning qo’yilgan maqsadga erishish yo’lidagi mehnati, harakati va intilishlarining birla- shuvi, ish joyiga o’z vaqtida kelitshi va ketishi b-n birga belgilangan texnolo- giyaga rioya qilishi, mahsulot sifatini, i.ch.dagi mehnat rejimini ta’minlash, mehnat unumdorligini oshirishga in- tilish in-tizom talablariga kiradi. Mehnat in-tizomi yuzlab va minglab xodimlarni umumiy reja asosida itsh- laydigan va umumiy maqsadga intila- digan yagona jamoaga birlashtiradi. M.t.e.ning eng ilg’or usullarini qo’llash va mehnatni to’g’ri tashkil etish, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida raqobatda engib chiqishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi, korxonlarda i. ch. sa- maradorligini oshirishga yo’l ochadi. Ad.: Abdurahmonov Q.H. va b., Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi, T., 2001. Qalandar Abdurahmonov.