Membranali nasos
Membranali nasos, diafragmali nasos — porshen vazifasini egiluvchan plastina —membrana bajaradigan nasos; membrananing chetlari mahkamlanib, richagli mexanizm yoki muhitning o’zgaruvchan bosimi ta’sirida egiladi. Diafragma bir tomonga egilganda suyuklik so’riladi, ikkinchi tomonga egilganda esa suyuqlik haydaladi. Membranali nasos suv, kimyoviy jihatdan faol moddalarni va yengil alangalanadigan suyuqliklarni uzatishda qo’llaniladi.