Memorandum

Memorandum (lotincha Memorandum — esda tutmoqlik) — 1) diplomatik hujjat; biror davlatning diplomatik yo’l bilan muhokama qilinishi lozim bo’lgan masalalar yuzasidan o’z nuqtai nazarini bayon qilib yozgan nomasi. Odatda, notaga ilova qilinadi yoki boshqa mamlakat vakiliga shaxsan topshiriladi; 2) savdo tizimida hisobkitob, qarzdorlik bilan bog’liq bo’lgan xat; 3) biron masala bo’yicha bildirishnoma, xizmat ma’lumotnomasi.