Metallshunoslik
Metallshunoslik – metallar- ning tarkibi, ichki tuzilishi va xos- salarini, ular orasidagi bog’lanishni o’rganadigan fan. Shartli ravishda na- zariy va amaliy kismlarga bo’lish mum- kin. Nazariy qismda turli ta’sirlar natijasida metall va krtishmalarda yuz beradigan jarayonlar hamda ularning tuzilishiga oid umumiy qonuniyatlar o’rganiladi. Asosiy bo’limlari: metal va qotishmalarning metall holati va Fi- zik xossalari nazariyasi, kristallanish, metall va qotishmalardagi faza muvoza- nati, diffuziya, qattiq holatdagi faza aylanishlari, plastik deformasiya, tar- tiblanish, emirilish va qayta Kristal- lanish jarayonlarining fizik nazariya- si. Nazariy M. ko’p jihatdan metallar fizikasi b-n bog’liq. Amaliy (texnik) qismda metallarga ishlov berish (ter- mik ishlash, quyish, bosim b-n ishlash) dagi texnologik jarayonlarning asosla- ri hamda metall materiallarning kon- kret klasslari o’rganiladi (q. Metallar texnologiyasi, metallarni ishlash). M. metallarning kristall tuzilishi, me- tallografiya, rentgenografiya, korroziya, metallarning fizik-mexanik xossalari va termik hamda kimyoviytermik ishlash- ning bu xossalarga ta’siri, legirlovchi elementlarning metallar xossalariga ta’siri, metallarni sinash to’g’risidagi ta’limotlarni o’z ichiga oladi. M.da me- tallga musbat ionlarning davriy may- donida harakatlanadigan elektronlar yig’indisi sifatida qaraladi (q. Metal- lar). Metallar va qrtishmalar electron nazariyasining rivojlanishi aloqida fizik xossali (o’ta o’tkazuvchan, magnit xossali va b.) qotishmalar yaratilishi- da muhim ahamiyat kasb etdi. M.ning rivojlanishida plastik deformasiya va kristallik tuzilish nuqsonlari fizik nazariyasi muhim rol o’ynaydi. Qadimda M. masalalari b-n Sharqda, shu jumladan, O’zbekiston hududida ham shug’ullanilgan, xususan, yangi metallar (mas, oltin) ni sun’iy yo’l b-n olishga harakat qilingan (q. Alximiya), tabi- iy ravishda Bulat olingan. Abu Rayhon Beruniy asarlarida M.ga doyr ma’lu- motlar bor. Ilmiy M.ga 19-a. 2 yarmida asos solindi. M. V. Lomonosov jahonda birinchi bo’lib metallarning yaltiro- klik va plastiklik xossalarini tasvir- lab berdi va zarur xossali qotishmalar hosil qilish yo’lini ko’rsatdi. Rus me- tallurgi P. P. Anosov 1831 y.da Bulat tayyorlash sirlarini ochdi. U po’latning ichki tuzilishini o’rganishda jahonda birinchi bo’lib mikroskotshu&ch foyda- landi. Frantsuz olimi g. K. Sorbi 1864 y. da mikrofotografiya usulidan foy- dalanib, temir meteoritlar va temir na-munalarning mikrostrukturasini tadqiq qildi. M.ning ilmiy asoslarini rus oli- mi D. K. Chernov 19-a. oxirida yaratdi. U po’latning xossalari kimyoviy tarki- bigagina emas, balki tuzilishiga ham bog’liq ekanligini ko’rsatdi. Frantsuz olimi F. Osmond uning ishini takror- lab, anikliklar kiritdi. Chet el olimla- ri R. Austen, F. Osmond, A. Le-Shatele va b.ning ishlari asosida temir-uglerod qotishmalarning holat diagrammasi tu- zib chikildi. M.ning keyingi taraqqiyoti chet el olimlari E. Beyn, G. Ganneman, F. Vefer, G. Es-ser, R. Mel va b. nomi b-n bog’liq. Olimlarning tadqiqotlari nati- jasida ba’zi rangdor metallarning qotishmalari ham toblanishi mumkinli- gi aniqlandi, yangi antifriktsion Mate- riallar (qotishmalar) tayyorlandi, me- tallarning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va fizik xossalari orasida bog’lanish borligi aniqlandi va «tarkibxossa» Di- agrammalari tuzildi. M.fani, dastlab, kora metallarni o’rganish b-n shug’ullandi, sekin-asta rangli metallar va ularning krtishma- larini ham o’rganishga kirishdi, tex- Nikaning yangi sohalari rivojlanishi munosabati b-n radiasiya, juda past t-ralar, yuqori bosim va b. metall va qotishmalarga qanday ta’sir qilishini o’rganish masalachari paydo bo’ldi. Ad.: Shteynberg S. S, Metallovede- Nie, Sverdlovsk, 1961; Gulyaev A. P., Me- tallovedenie, 4 izd., M., 1966; To’raxo- Nov A. S, Metallshunoslik va termik ishlash, T., 1968. Vohid Mirboboev.