Metropoliten

Metropoliten, metro (Yun. metropolis — bosh shahar, markaz) — ko’p sonli yo’lovchilarni tashishga mo’ljallangan relsli tezyurar elektr transport turi. Ishonchli xavfeizlik tizimlari b-n jihozlanadi. M. yo’llari er ustida, er yuzasida va er ostida joy- lashishi mumkin. M. yo’llari shaharning rivojlanish rejalarini, yo’lovchilar oqimlarini, turar joy massivlari, i.ch., savdo va dam olish markazlarining joylashuvini, shu- ningdek, shahar muhandislik-geologik sharoitlarni inobatga olib belgilana- Di. M. er usti yo’llari estakada- lar ustidan o’tkaziladi. Er yuzasida harakatlanadigan vagonlar joyning relefi va shahar binolarining joy- lashish sharoitlaridan kelib chiqib aniqlanadigan balandlikda qatnaydi. Bunday yo’llar Nyu-York, Chikago, bo- ston, Filadelfiya (AQSh), Gamburg (Germaniya) shaharlarida 20-a. bosh- larida kurilgan. Ammo, keyinchalik shaharlarning rivojlanishi tufayli M. asosan, er ostida quriladigan bo’ldi. M.ni er yuzasida joylashtirish yo’llarning chetlari, shaharning aholi kam joylashgan qismlarida, odatda, keyinchalik er osti yo’llariga aylanti- rish maqsadida, chuqur o’yiqlarda amal- ga oshiriladi. Er yuzasida joylashgan M.larning oddiy temir yo’llardan farqi ularning elektr energiya b-n ta’minla- nish usulidir. M.larni er ostida (tunellarda) joy- lashtirish eng keng tarqalgan usul bo’lib, ular sayoz (5-10 m chuqurlikda) va chukur (10-60 m) turlarga bo’linadi. M.lar sayyoz yoki chuqur joylashtan- ligiga qarab, ochiq va yopiq usullarda quriladi. Ochiq usulning mohiyati: bekat yoki yurish tunneli konstruktsiya devorla- ri nishabli yoki qoziklar (key-ingi payt- da anker va nagellar) dan foydalanib mahkamlanadigan Kotlo-vanlarda tikla- nib, gidroizolyasiya qilinib, grunt b-n ko’miladi. Yopiq usulning mohiyati: tun- nel qurish ishlari er yuzasini ochmas- dan, xuddi tog’da tunnel ochishdagidek usulda yoki maxsus temir qalqonlardan foydalanib bajariladi. Ochiq usulda (sayoz joylashgan metro yo’llarda) quriladigan bekat tunnellari konstruktsiyalari 2 va 3 oralikdi ustunli rama ko’rinishga ega bo’lib, yirik yig’ma temir-beton ele-mentlardan tashkil to- pishi yoki yaxlit temir-betondan tikla- nadigan bir gumbazli ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. Bu usulda quriladigan yurish tunellari konstruktsiyalari, odatda, to’g’ri to’rtburchak ko’rinishdagi ko’ndalang kesimga ega bo’lib, alohida yig’ma temir-beton elementlar (asos, de- vor va Shift plitalari) yoki hajmli sek- tsiyalardan tiklanadi. Yopiq usulda (chuqur joylashgan, ba’zi hollarda sayoz joylashgan metro yo’llarida ham) quriladigan bekat kon- struktsiyalari bir gumbazli, 3 gumbaz- li ko’rinishdagi ko’ndalang kesimga ega bo’lib, yig’ma va yaxlit temir-betondan, po’lat va cho’yandan tiklanadi. Bu usulda quriladigan yurish tunellari konstruk- tsiyalari aylana shaklidagi ko’ndalang kesimda alohida yig’ma temir-beton va chuyan Tyubing (blok)lardan yig’iladi yoki yaxlit temir-betondan quriladi. M. bekatlarining me’moriy uslu- bi, odatda, biror mavzuni yoritishga bag’ishlanadi. Mas, Toshkent metropo- litenining Kosmonavtlar bekati me’- morligi kosmonavtikaning rivojlanish yo’llarini yoritishga, Alisher Navoiy bekati me’morligi ulug’muta-fakkir va shoir ijodi mohiyatini yoritishga, so- bir Rahimov bekati me’morligi tanikli o’zbek generalining jasoratini aks etti- rishga bag’ishlangan. M. bekatlariga kirish va chiqish, asosan, 2 usulda: er usti vestibyuli (dahlizi) yoki er osti vestibyuliga olib boradigan zinalar orqali amalga oshi- riladi. Vestibyullar turli kirish va chiqish joylarini birlashtirib, zinalar yoki eskalatorlar vositasida M. bekat platformasi b-n ulashga mo’ljallangan. Zarur hollarda (asosan, chuqur joylash- gan bekatlarda) quriladigan escalator komplekslari qiya joylashgan tunellar- da joylashtiriladigan eskalatordan, uzatish st-yasi va tortish kameralaridan tashkil topadi. M. yo’llari kesishuv joylarida be- katdan bekatga o’tishning 3 turi mavjud: bir bekat oxiridan 2-bekat oxiriga; bir bekat markazidan 2-bekat oxiriga; bir bekat markazidan 2-bekat markazi- ga o’tiladi. Uchala holda ham tunnella- ri bekat konstruktsiyasiga bir satxda, yuqoridan yoki pastdan ulanishi mumkin. M. bekatlari va tunnellarda yuqori harorat, zararli gazlar, chang va namlik mavjudligi tufayli M. yo’llarini sha- mollatib turish zarur. Odatda, M.larni shamollatish sun’iy usulda (ventilyator- lar yordamida) amalga oshirilib, bekat- larga yoz mavsumida salqin, qish mavsu- mida esa iliq havo etkazib beriladi. M. inshootlari yong’inga qarshi va xo’jalik ehtiyojlariga zarur bo’lgan suv b-n ta’minlanadi. Tunnellar- ga tashqaridan sizib kirishi mumkin bo’lgan suv hamda xizmat va i.ch. xonala- ridan, bekat o’tish tunnellarini yuvish- dan chiqqan oqova suvlari qiya tarnov- lar orqali t-rassaning past joylari- ga to’planadi va tashqariga shahar suv oqimlari turkumiga chiqariladi. Poezdlar harakati, yoritchsh tizimi va texnologik qurilmelar (eskalatorlar, santexnika, aloqa, avtomatika va tele- mexanika, ta’mirlash va maishiy asbob- anjomlar)dan foydalanish uchun zarur bo’lgan elektr ta’minoti shahar elektr st-yasi va kichik st-yalardan amalga oshi- riladi. Dunyoning 80 dan ortiq mamlakati- dagi yirik shaharlarda M.lar mavjud. Eng yirik M.lar Nyu-York (1868 y.dan), London (1863 y.dan), Parij (1990 y.dan), Tokio (1927 y.dan), Moskva (1935 y.dan), Mexiko (1902 y.dan), Seul (1927 y.dan), Toshkent shaharlarida joylashgan. 1977 y.dan foydalanilayotgan Toshkent M.ining umumiy uz. 38,25 km, bekatlar soni esa 29 ta (q. Toshkent metropolite- ni). Ad.: Xrapov V. G. i dr., Tonneli i metropoliteni, M., 1989; Rashidov T. R., Ishanxodjaev A. A., Seysmostoykost tonnelnix konstruktsiy metropolitena melkogo zalojeniya, T., 1993. Abdurahmon Eshonxo’jaev.