Mexanik kuchlanish

Mexanik kuchlanish – defor- masiyalangan (siqilgan, cho’zilgan va b.) qattiq jism ko’ndalang kesimining yuza birligiga to’g’ri keladigan elastiklik kuchi. Ushbu S = —i£- tenglik b-n ifoda- lanadi, bunda G’e1 — elastiklik kuchi, S— yuza. Deformasiyalanish jarayonida qattiq jismni tashkil etuvchi zarra- lar — atom va molekulalarning ma’lum qismi bir-birlariga nisbatan siljiy- Di. Bunday siljishga qattiq jism tar- kibidagi zaryadlangan zarralar orasi- dagi elektromagnit kuchlari qarshilik ko’rsatadi. Natijada deformasilana- yotgan qattiq jismda mikdor jihatdan tashqi qo’yilgan kuchga teng, unga qarama- qarshi yo’nalgan ichki kuch — elastiklik kuchi vujudga keladi. Xususiy holda bir tomonlama cho’zilish (yoki siqilish) dan iborat de-formasiyalar uchun M. k. 8 ning nisbiy uzayish e ga bog’liqligi Guk qonuni orqali bunday ifodalanadi: 5 = ee, bunda E ~ o’zgarmas kattalik; u deformasiyalanayotgan sterjenning Mate- rialiga va fizik holatiga bog’liq. Taj- ribalar 8 ning e ga chiziqli bog’lanishi faqat elastik deformasiyaning kichik qiymatlarida aniq bajarilishini ko’rsatadi. Nisbiy uzayishning nisbatan katta qiymatlarida va, ayniqsa, noelastik de- formasiya vujudga kelganida chiziqli bo- glanishdan chetlanishi kuzatiladi. Rasm- da polipropilen sterjenning t-rasi 245 K ga teng bo’lgan holati uchun M.k. b-n nisbiy uzayish orasidagi bog’lanish grafigi keltirilgan. Bu bog’lanishni uch qismga bo’lish mumkin: 0 dan a gacha bo’lgan qismda chiziqli bog’lanish to’la bajariladi, bunda nisbiy uzayish bir necha foizdan oshmaydi, a dan ‘ gacha oraliqda chiziqli bog’lanishdan chetla- shish kuzatiladi, ammo bunda ham yuqori elastik deformasiya sodir bo’lib, nis- biy uzayish bir necha yuz foizga etib boradi. Bog’lanishning Ь dan keying qismida esa sterjen uziladi. Kuzati- layotgan jismdagi M.k. faqat shu jism-ga boshqa jismlarning bevosita ta’si- ri natijasidagina emas, balki traning o’zgarishi, elektr yoki magnit maydoni ta’siri, jismning bir fazadan ikkinchi fazaga utishi va b. tufayli vujudga ke- lishi mumkin.