MEXANIK VA FIZIK HIMOYA USULLARI

MEXANIK VA FIZIK HIMOYA USULLARI (o’simliklar himoyasida) — zararkunandalar, kasallik qo’zg’atuvchilar va begona o’tlarga qarshi kurashda turli mexanik moslamalar hamda tashki muhitning fizik omil- laridan foydalanish. O’simliklar za- rarkunandalari va kasalliklariga qarshi uyg’unlashtirilgan kurash tizi- mida muhim usullardan biri. Mexanik himoya usulida zararkunandalarning harakatlanishiga yoki o’simliklarning shikastlanishga to’sqinlik qiluvchi tur- li xil choratadbirlar (daraxt po’stlog’ini tozalash, uyalar va o’simlik qoldiklarini yo’qotish, tutqich belbog’lar bog’lash, sox- ta em qo’yish va b.) ko’llanadi. Mexanik usulni ki-myoviy usul b-n birga olib bo- rish mumkin: mas, chigirtkalarga qarshi kurashda qaziladigan chuqurlarga dori sochish, tutqich belbog’larga esa insek- tisid shimdirish. Mexanik himoya usu- lida ayrim zararkunandalarni (ko’sak qurti, Kolorado qo’ng’izi, zararli xas- va va b.) qo’lda terib yo’qotish mumkin. Fizik himoya usuli turli tabiiy omil- larni qo’llashga asoslangan (sun’iy yoritish, o’ta yuqori yoki past harorat, radioaktiv nurlar, past bosim, yuqori chastotali elektr toki va b.dan foydala- nish). Yorug’lik tutqichlardan dalalarda hasharotlar miqdorini aniqlashda foy- dalaniladi. Don va mevalarni zararsiz- lantirishda sovitish usuli ishlatiladi. Ko’pgina hasharot va kanalar — ombor za- rarkunandalari 0° da nobud bo’ladi. Kasalliklarga qarshi fizik kurash usulida yuqum (infektsiya) ni yuqori harorat ta’sirida, mas, urug’larni issiq suvda (48-50°) qizdirib yo’qotish mum- kin. Urug’likni zararsizlantirishda quruq issiklik (donni 6-8 sutka davo- mida 40-45° da qizdirish) qo’llanadi. Najmiddin Maxmudxo’jaev.