Mexanizm

Mexanizm – (qadimgi yunoncha-qurilma) mashina, qurilma, apparatni harakatga keltiruvchi ichki qurilma. Mexanizm bo’g’inli bog’lanishlarning yopiq ketma-ketligi bo’lib, ulardan kamida bittasi ishni qo’llash uchun va kamida bitasi (yetakchi) foydali ish olish uchun xizmat qiladi. Masalan: titratib zichlovchi mexanizm, surilma mexanizm, yuk ko’taruvchi mexanizm, tortuvchi mexanizm, uzatuvchi mexanizm, ko’chma mexanizm, ko’tarish mexanizmi va hokazolar.