MEXANIZMLAR KINEMATIKASI

MEXANIZMLAR KINEMATIKASI — mexanizmlarga ta’sir etadigan kuchlarni hisobga olmagan holda qism (zveno) lari harakatining geometric jihatlari o’rganiladigan soha; mashi- na va mexanizmlar nazariyasi bo’limi. M.k.da kinematik analiz va kinematic sintez masalalari echiladi. M.k. masa- lalarini echish uchun mexanizmning ki- nematik xossalarini ifodalaydigan asosiy ko’rsatkichlar va etakchi zvenolar- ning harakat qonunlari ma’lum bo’lishi kerak. M.k. masalalari grafik, analitik va grafoanalitik usullarda echiladi. Eng oddiy grafik usul ning mohiyati quyidagicha: agar mexanizmdagi AV ZVE- noning vaziyati va sharnirlari markaz- lari orasidagi masofa ma’lum bo’lsa (rasmga q.), qolgan barcha zvenolarning vaziyatini tsirkul yordamida aniqlash mumkin. Shunday qilib, tekislikda harakatlanadigan mexanizmlar masalasi egri chiziqlarning tekislikda kesishgan nuqtalarini aniqlashdan iborat bo’ladi. Analitik usul oldindan ma’lum aniqlikdagi zvenolarning vaziyatini anikutshga imkon beradi. Bunda masa- la chiziqli bo’lmagan tenglamalar si- stemasini echishga keltiriladi. Me- xanizmdagi ayrim nuqtalarning t-ra- ektoriyasi, odatda, zvenolarning vaziyati- ni bilish uchun aniqlanadi; bunda faqat mexanizm ish organlarining harakat tu- riga bog’liq bo’lgan t-raektoriyalarning grafigi tuziladi yoki tekshiril adi. Grafoanal iti k usul zvenolar va me- xanizmlar ayrim nuqtalarining tezli- klarini aniqlashda qo’llaniladi. Biror nuqtaning tezligini aniqlash uchun ZVE- nolarning vaziyatini aniqlashda olingan ma’lumotlardan foydalanib, bu nuqta yo’lining vaqt bo’yicha o’zgarish diagram- masi tuziladi, so’ngra differentsial- lash grafigini qo’llab, tezlikning vaqt bo’yicha o’zgarish diagrammasi quriladi. Mexanizm nuqtalarining tezlanishlari- ni aniqlashda tezlanishlar planidan va analitik usuldan foydalaniladi. Tez- lanishlarni aniqlash uchun odatda kine- matik diagramma usuli qo’llanilmaydi, chunki uning anikligi oldindan qurilgan tezlikning vaqt bo’yicha o’zgarish dia- grammasini differentsiallash grafigi aniqligiga bog’liq bo’ladi. Mexanizm- larning kinematik sintez masalalari ko’rib o’tilgan kinematik analiz masala- lariga teskari hisoblanadi. /M..Usmonxo’jaev H. h. Mashina va mexanizmlar nazariyasi, 2nashr, T., 1970; Artobolevskiy I. I., Mexanizmi v so- vremennoy texnike [v 4-x t.], t. 1-3, M., 1970-73. Ko’rqmas Inog’omov.