Mielit
Mielit (Yun. myelos — orqa miya) — orqa miyaning yallig’lanishi. Birlam- chi va ikkilamchi bo’ladi. Birlamchi M.ni turli neytrotrop viruslar qo’zg’atadi, ikkilamchi M. esa infek-tsion-allergik kasalliklar (skarlatina, gripp va h.k.), shikastlanishlar oqibatida yuzaga ke- ladi. Ko’pincha, bir vaqtning o’zida miya qobiklari, bosh miya va nerv poyasi (stvo- li) zararlanadi. Yallig’lanish jarayoni orqa miyaning harakat va se-zuv funktsiya- larini buzib qo’yadi, shu sababli oyoq-qo’l falaj yoki chala falaj (parez) bo’ladi. M.da chanoq organlari faoliyati buzila- Di (bemor siydik yoki najas tutolmaydi yoki, aksincha, hojat kelmaydi). Ko’pincha, yotoq yaralar, shish paydo bo’ladi. Davosi: antibiotiklar, vitaminlar, fizioterapiya. M.ning oldini olish uchun unga olib kelgan asosiy infektsion kasallikni aniqlab, uni davolash kerak. O’z vaqtida to’g’ri davo qilinsa, kasallik bir qadar engil kechadi.