MIKROBIOLOGIK HIMOYA USULI
MIKROBIOLOGIK HIMOYA USULI — ekinlarni kasalliklar va zararkunanda hasharotlardan himoya qilishda mikroorganizmlardan foyda- lanish, biologik himoya usulinint tar- kibiy qismi. M.h.u.ning shakllanishida 2 yo’nalish: antagonistmikroorganizm- lar yordamida tuproqni zararsizlanti- rish (sog’lomlashtirish) va o’simliklarni antibiotiklar yordamida davolash Vu- judga kelgan. O’simlik kasalliklariga qarshi kurashda antagonist bakteriyalar- ni qo’llash samarali. O’simliklar zarar- kunandalari va kasalliklariga qarshi kurashda mikroorganizmlardan foy- dalanish yaxshi samara beradi. Bargxo’r qattiqqanotlilar va Kolorado kartoshka qo’ng’iziga qarshi entobakterin va Bove- rin, pomidor, dukkaklilarning ayrim bakteri-al kasalliklariga qarshi Arena- rin, trixosetin, zig’ir, g’alla ekinlari kasalliklari, g’o’za viltiga qarshi tri- xodermin muvaffaqiyatli qo’llaniladi. Entomofaglar, atpgraktantlar, yuvenil gormonlar va repellentlar, antibiotiklar, kimyoviy vositalarni birgalikda qo’llash M.h.u. samaradorli- gini yanada ko’taradi (q Biologiya himoya u suli). Kasalliklarga qarshi kurashda kom- post, donador mineral o’g’itlar va b.ni mikrobantagonist hamda antibiotiklar b-n boyitish; urug’likni ularning o’zi b-n yoki fungisidlar qo’shib dorilash (anti- biotiklar b-n upalash yoki antibiotikli suyuklikda bo’ktirish, biopreparatlar b-n drajilash va b.); tuproqqa foydali mikroorganizmlarni biopreparatlar shaklida (bular patogen formalarni mav- sumiy yoki bir necha yil davomida rivoj- lanmasligini ta’minlaydi) hamda vege- tasiya davrida o’simlikni oziqlantirish b-n birga qo’shimcha ravishda antibiotic va mikrobantagonistlar solish usullari qo’llanadi. Sulton Mimuxamedov.