Mikroiqtisodiyot
Mikroiqtisodiyot (Yun. Mikros kichik va iqtisodiyot) — iqtisodiy naza – riyaning ayrim bir xo’jalik yuri-tuvchi sub’ektlar urtasidagi iqtisodiy muno- sabatlarni, ularning faoliyati va mil- liy iqtisodiyotga ta’sirini o’rganadigan bo’limi; Mikroiqtisodiyot o’rganadigan asosiy ob’ektlar — uy xo’jaligi va nis- batan katta bo’lmagan korxonalardir. Jahon statistikada uy xo’jaliklariga birgalikda yashovchi kishilar gurux/tri yuritadigan umumiy xo’jalik sifati- da qaraladi. Odatda, bunday xo’jalik oila, ya’ni erkak va ayol ni-kohiga yoki qonqarindoshlikka asoslangan kichik guruxdir. Uy xo’jaligi vazifalariga: 1) i.ch. omillarini (mas, ishchi kuchini) so- tishdan va mol-mulkdan (uy-joy va erdan ijara haqi, bankka qo’yilgan pul foizi, aktsiya daromadi va b.) daromad olish; 2) uy xo’jaligini yuritish (yordamchi q.x.da ishlash, iste’mol mollari va xizmat- larni xarid qilish, oziq-ovqat va b. mahsulotlarni uyda tayyorlash, moddiy va ma’naviy ne’matlardan foydalanish); 3) bolalarni tarbiyalash; 4) «tashqi» iqgisodiy aloqalar (davlatga soliq to’lash, transfert to’lovlar olish, xorij b-n iqtisodiy aloqalar, shu jumladan, xorijdan pul jo’natmalari, posilkalar va b. olish) kiradi. M. o’rganadigan yana bir manba tovarlar va xizmatlar i.ch. va ularni sotish b-n shug’ullanuvchi xo’jalik tashkilotlari — korxonalardir. Bunday tashkilotlar jismoniy va yuridik shax- slar (firmalar) egaligida bo’lishi mum- kin. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar sira- siga iste’molchilar, xodimlar, capital qo’yuvchilar, er egalari, firmalar, umu- man, amalda iqtisodiyotning faoliyat ko’rsatishida muhim rol o’ynaydigan har qanday tadbirkor kiradi. M. quyi bo’g’inlarda iqtisodiy qarorlar qanday va nima uchun qabul qilinishini, mas, iste’molchilar tovarni xarid qilish to’g’risida qarorni qay tarzda qabul qilishini va ularning tanloviga narx- navo va daromadlar o’zgarishlari qanday ta’sir ko’rsatishini; firmalar ish o’rinlari sonini qanday rejalashtiri- shi; xodimlar qaerda va qancha ishlashni qanday hal etishini izohlab beradi. M.ning muhim jihati — xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiyot tarmoqlarida yanada yirikroq tuzil- malar — bozorlar paydo bo’lishi ja- rayonidagi o’zaro munosabatlaridir. M. ayrim sanoat tarmoqlarining tarixiy taraqqiyoti va milliy iqtisodiyotning shakllanishi mantig’ini tushunishga yor- dam beradi. U ayrim tovarlarga narxna- vo qanday belgilanishini, yangi z-dlar qurilishida muayyan sohani va i.ch.ni rivojlantirishga qanday mablag’lar ajratilishini va nima uchun investi- tsiya qilinishini, har yili aniq qancha tovarlar ishlab chiqarilishini tushun- tirib beradi. M. yakka tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoli- yatini o’rganar ekan, sanoat tarmoqlari va bozorlar qanday ishlayotgani va ri- vojlanayotganini, ularning faoliyatiga hukumat siyosati va b. mamlakatlardagi iqtisodiy sharoitlar qanday ta’sir eta- yotganini ochib beradi. Ad.: Pindayk R., Rubinfeld D. Mikroiqtisodiyot, T., 2002; O’lmasov A., Oila iqtisodi, T., 1999. Barno Rahimova.