MIKROKRISTALLOSKOPIYA
MIKROKRISTALLOSKOPIYA {mikro…, kristall va Yun. skopeo — ko’rmoq, kuzatmoq) — sifat mikrokimyo- viy analiz usullaridan biri; oz mik- dordagi reaktivlar ta’sirida bir tomchi (10~3 ml atrofida) analiz qilinayotgan eritmada kristall cho’kmalar hosil qilishga asoslangan. Kristallar mikro- skop ostida 80-200 marta kattalashti- rib tekshiriladi. Kristallarning ba’zi bir xossalarini, mas, qirralar orasi- dagi burchakni aniqlashda polyarizasion mikroskop qo’llanadi. Kristallar ba’zan ultrabinafsha yoki elektron mikrosko- plar yordamida tekshiriladi. Ko’pchilik mikrokristallos-kopik reaktsiyalar o’ta sezgirligi b-n ajralib turadi: erit- ma tomchisidagi moddaning o’ndan bir, yuzdan bir, ba’zi hollarda undan ham oz mikdorini (mkg) aniqlashga imkon beradi. M., asosan, o’lchami juda kichik ob’ektlar (metallar va minerallardagi qo’shimchalar, metallning mayda zarrala- ri, chang, o’simlik va hayvon to’qimalari tarkibidagi moddalar) ni, minerallar va krtishmalarni analiz qilishda, orga- nik birikmalarni identifikasiyalashda qo’llanadi. Bir tomchi eritmadagi orga- nik va anorganik moddalar miqdorining aniqlanish chegarasi yu-9 —10-* g.