Milan

Milan — Italiyaning shim. qismidagi shahar, Padana tekisligi – ning markazida. Lombardiya viloyati va Milan provintsiyasining ma’muriy Mar- kazi. Mamlakatning yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisining soni jihatidan (2001 y.da 1,8 mln. kishi) Rim sh.dan keyin 2-o’rinda. Trans- port yo’llarining yirik tuguni. Kema qatnaydigan kanallar orqali Po Daryo- si b-n bog’langan. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. M. — mamlakatning muhim sanoat, ilmiy va madaniy markazi. Iqtisodiy faol aholining yarmidan ko’prog’i sa- noatda ishlaydi. Sanoatining etakchi tarmog’i — mashinasozlik (motorsoz- lik, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, traktorsozlik va b.) va metallurgiya. Neftni qayta ishlash, kimyo, engil va oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. To’qimachilik, ko’n-poyabzal, poligrafiya korxonalari bor. Italiyaning yirik na- shriyotchilik markazi. Geografik jur. lar, xarita, atlas, yillik to’plam va h.k. nashr qiladigan mashhur «turing klub Italyano» M.da. M.da bir qancha oliy o’quv yurtlari, jumladan un-t, texnika in-ti, katolik, savdo un-tlari, konserva- toriya, nafis san’at akademiyasi va b. il- miy muassasa, kutubxonalar, «La Skala» opera teatri va b. teatrlar, muzeylar, kartinalar galereyasi bor. Me’moriy yodgorlik juda ko’p: cherkov va soborlar, jamoat binolari saqlangan. Savdo unti, Milan ko’rgazma zali kabi zamonaviy bi- nolar qurilgan. M.ga mil. AV. 4-a.da asos solingan. Mil. AV. 196 y.dan Rim tarkibida (lo- tincha nomi Mediolanum). 11 — 12-a. larda hunarmandchilik va savdo markazi bo’lgan. 1535 y.da Ispaniyaga qo’shib olin- gan. 1802 y.dan Italiya Respublikasi- ning, 1805 y.dan Italiya Qirolligining poytaxti. 1815-59 y.larda Avstriya tar- kibida. 1861 y.da Italiya qirolligiga qo’shilgan.