«Ming bir kecha»

«Ming bir kecha» (Arab. «Alif layla va layla») — o’rta asr Arab ada- biyoti yodgorligi. Asosan, 15-a.da Arab tilida tarkib topgan ertaklar to’plami (qo’lyozmalari 17-19-a.larga mansub). Asarning yaratilish tarixi, qaysi xalqning adabiy merosi ekanligi haqida turli fikr-mulohazalar mav- jud. Tadqiqotchilarning xulosalari- ga ko’ra, «M.b.k.»to’plamidagi ertak va hikoyatlarni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: qad. davrga mansub hind-Eron, o’rta davrga mansub Bag’dod va so’nggi davr- ga mansub Misr ertaklari. «M.b.k.»ning eng qad. asosi hind-Eron ertaklaridan iborat Eroncha «hazor afsona» («ming ertak») to’plami bo’lib, u 8-a.da fors tilidan Arab tiliga tarjima qilingan. O’sha davrdayoq «ming kecha» nomini olgan ushbu tarjima matni saqlanib qolmagan, uning aniq tarkibi haqida ham hech qanday ma’lumot yo’q. Arab olimi Ibn an-Nadimning yozi- shicha, bag’dodlik adib al-Jahshiyoriy (942 y. v.e.) mazkur «hazor afsona»ga o’xshatib «ming kecha» nomli ertaklar to’plamini tuzishga kirishgan, biroq 480 ta to’plagan paytda vafot etgan. 9— 10-a. larga mansub, hind-Eron va Arab (Bag’dod, Basra kabi shaharlarda yaratilgan) erta- klaridan iborat «ming kecha» to’plami 12-13-a.larda Misrda yangidan-yangi mahalliy ertaklar b-n boyigan. Maj- muaning «ming kecha» o’rniga «M.b.k.» deb atala boshlanishi ham shu davrga to’g’ri keladi. Nemis olimi Litmann bu o’zgarishni turkchada noaniq ko’plikni an – glatadigan «bin bir» (ming bir) ibora- si b-n bog’laydi. Keyinchalik esa «ming bir» iborasi to’plamdagi kechalarning aniq miqdori ma’nosida qabul etilgan va to’plamni shu nomga moslash uchun unga qo’shimcha materiallar kiritilgan (17-a. da asar hoz. tugallangan shaklga keldi). «M.b.k.»asarining mazmuni, voqealar tasnifi turli davrlar, Sharq xalklari va mamlakatlarining tarixi b-n uzviy bog’liq. Asar 300 dan ortiq qissa va hikoyalardan iborat bo’lib, ular- da Sharq xalqlarining urf-odatlari, or- zu-umidlari, tarixi, sarguzashtlari uz ifodasini topgan; xudbinlik, ochko’zlik, maishiy buzuklik, johillik kabi il- latlar qoralanib, poklik, rostgo’ylik, donolik, kamtarlik, sahiylik singari fazilatlar ulug’langan. «M.b.k.»kompozisiyasi «ertak ichi- da ertak» tarzida tuzilgan bo’lib, un- dagi barcha ertak, hikoyat, masallar podshoh Shahriyor va vazirning oqila qizi Shahrizoda haqidagi ertak va hikoyatlar b-n o’rab olingan. Malika- ning xiyonatidan g’azablangan Shaxriyor har kecha yotog’iga yangi ma’shuqa kelti- rishni buyuradi va ertalab uni qatl et- tiradi. Navbat Shaxrizodaga kelganda, qiz behuda qon to’kilishining oldini olish maqsadida shohga hikoya aytib bera boshlaydi va hikoya eng qiziq joy- iga kelganda, tong otib, hikoya aytishni to’xtatadi. Hikoyaning davomiga qiziqib qolgan Shahriyor qatlni keyingi kun- ga qoldiradi. Shu tariqa ming bir kecha o’tadi. Shahrizodaning aklu zakovatidan lol qolgan Shahriyor unga uylanadi. «M.b.k.»ning jahon kutubxonala- rida 40 ga yaqin qo’lyozmalari bor. Asar- ning birinchi, to’la bo’lmagan frantsuzcha tarjimasi (A. Gallan) 1704-17 y.larda nashr etilgan. Uning matnidan boshqa ko’plab Evropa tillariga ham tarjima qilingan. 1911 y. Sidqiy Xondayliqiy forscha matnidan, bir yildan keyin (1912 y.) Ahror Mahdum arabchadan o’zbekchaga qisqartirilgan holda tarjima qilgan. «M.b.k.»1959— 63 y.larda Arab tilidan o’zbek tiliga to’la tarjima etildi. «M.b.k.»hikoyalari Markaziy Osiyo va Evropa xalqlarining og’zaki ijo- diga, shuningdek, jahondagi ko’pgina xalqlarning yozma adabiyotiga katta ta’- sir ko’rsatgan (mas, mo’g’ullarning «ming bir oqshom», peruliklarning «ming bir soat», tatarlarning «ming bir chorak soat», suriyaliklarning «besh yuz yarim tong va b.»). Tasviriy san’at va musiqada ham shu mavzuda asarlar yaratilgan (Eron miniatyuralari; N. A. Rimskiy-Korsa- kovning «Shaxrizoda» simfonik syuita- si va b.), filmlar ishlangan: «bag’dodlik o’g’ri» (1924, AQSh), «Alouddinning sehrli chirog’i» (1967, Rossiya), «Alibo- bo va qirq qaroqchi» (1979, O’zbekiston va Hindiston ijodkorlari hamkorligida), «Shahrizodaning yana bir kechasi» («to- jikfilm», 1985), «muhabbat va qayg’u yulduzi» («O’zbekfilm», 1986) va b. Matnlar: Kniga tisyachi i odnoy nochi, v 8tomax [pod redaktsiey akad. I. Yu. Krach- kov-skogo], M. L., 1929-30; ming bir kecha, 1 — 8 j.lar, T., 1959-63. Ad.: Gorster A., Krimskiy A., K li- teraturnoy istorii «tisyachi i odnoy nochi», M., 1900; Estrup I., Issledova- Nie o «1001 nochi» i sostave, voznikno- venii i razvitii, M., 1904; Gerxord M., Iskusstvo povestvovaniya, M., 1984. Habib Abdunazar.