MIQDOR O’ZGARISHLARINING SIFAT O’ZGARISHLARIGA O’tishi qonuni

MIQDOR O’ZGARISHLARINING SIFAT O’ZGARISHLARIGA O’tishi qonuni — dialektikaning qonunlaridan biri. Tabiat, jamiyat va ta- fakkur taraqqiyotining eng umumiy tar- zini ochib beradi. Uni Gegel ta’riflab bergan. Rivojlanish murakkab jarayon bo’lib, unda miqdor va sifat o’zgarishlari sodir bo’ladi. Predmet yoki hodisaning rivojlanishi avval asta-sekin ro’y be- radigan mikdor o’zgarishlaridan bosh- lanadi. Miqdor o’zgarishlari ma’lum darajaga etgach, me’yorning buzilishi tub sifat o’zgarishlariga olib keladi. Mik- dor sifatga o’tadi. Mikdor o’zgarishlari turli shaklda sodir bo’ladi. Mikdor o’zgarishlari ob’ekt qismlari soni- ning o’zgarishi shaklida, makoniy shak- llarning yoki elementlar aloqadorligi tartibining o’zgarishi va h.k. shakllar- da sodir bo’lishi mumkin. Ob’ektiv voqelikda faqat mikdor o’zgarishlari sifat o’zgarishlariga olib kelmay, sifat o’zgarishlari ham mikdor o’zgarishlariga olib keladi, vujudga kelgan yangi sifat doirasida mikdor ko’rsatkichlari rivoj – lanadi. Mas, O’zbekiston Respublikasi- ning mustaqillikka erishganligi — si- Fat o’zgarishi. Natijada xalq xo’jaligi, iqtisodiy taraqqiyot uchun yangi im- koniyatlar vujudga keldi, xalqning iqtisodiy, siyosiy, madaniy ravnaqi uchun keng yo’l ochildi. Mikdor o’zgarishlari nisbatan sokin, uzluksiz davom etsa, sifat o’zgarishlari uzilishli, sakrashsimon bo’ladi. Rivoj- lanish jarayonida eski sifatning yangi sifatga aylanishi uzluksizlikning uzi- lishi yoki sakrash deb ataladi. Sakrash — rivojlanish jarayonida qonuniy sodir bo’ladigan burilish nuqtasi, taraqqiyot zanjiridagi zaruriy halqadir. Sakrash o’zgarishning eng intensiv shakli, ri- vojlanish maromining oliy nuqtasidir, uning natijasida eski narsa emirila- Di, yangi narsa vujudga keladi. Bir si- fatdan ikkinchi sifatga o’tish sakrash orqali bo’lishi umumiy qoida bo’lib, u xali bu sakrash har bir tayin vaziyatda tayin narsa va hodisalarga nisbatan qanday amalga oshishini ko’rsatib ber- maydi. Hodisaning bir sifat xrlatdan boshqa holatga o’tishi yo’qolish va paydo bo’lishning, mavjudlik va yo’qlikning, inkor va tasdiqning birligidan ibo- rat (q. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni). Sakrashda yangi yuzaga kelayotgan hodisa eskisini inkor etadi; bunda sifat va mikdor o’zgarishlari bir- birini taqozo etadi (q. Inkorni inkor qonuni). Dialektika sakrashlarning, bir sifatdan ikkinchi sifatga o’tish shak- llarining xilma-xilligini jiddiy hisobga olishni, har bir muayyan vazi- yatda shu o’tishning tayin shakllarini aniqlab, bilib olgan holda ish ko’rishni talab qiladi. Eng muhimi — sakrash- ning, o’sishning tayin shaklini payqab olish, topish, ifodalash va shunga qarab harakat qilish kerak. M.o’.s.o’.o’.q. dialektikaning boshqa qonunlari singari ilmiy bilish va ama- liy faoliyat uchun katta ahamiyatga ega. U bizga ob’ektiv dunyoning rivojlanish jarayonini to’g’ri tushunib olish, nar- sa va hodisalarning sifat jihatidan o’zgarish tarzini anglash va undan jami- yatni yanada rivojlantirishda foydala- nish imkonini beradi. Abdulla Ayupov.