Mirkarim Osim
Mirkarim Osim (1907 – tosh- kent — 1984) — yozuvchi va tarjimon. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi (1944), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1977). Dastlab eski maktabda, so’ngra «Shams ul-urfon» boshlang’ich maktabi (1917-20), nari- monov nomidagi ta’lim va tarbiya tex- nikumi (1921-24)datahsil olgan. Mos- kvadagi Bubnov nomidagi pedagogika in- tini tugatgan (1926-30). Samarqandda o’qituvchilar tayyorlash kursida dare ber- gan (1930). Davlat nashriyotida muharrir (1931), Toshkent Ped. fanlari i. t. in- tida ilmiy xodim (1932— 49), G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at na- shriyotida muharrir (1959-72). «Yangi ariq» ilk qissasi (1925) Qo’qon xonligini ideallashtirgan asar sifatida bosilmay qolgan. M.O. 1935— 36 y.larga kelib she’r yoza boshlagan. Dastlabki yirik asari — «Astrobod» tarixiy qissasi Alisher Navoiy hayotiga bag’ishlangan. Shundan keyin u Navoiy haqida turkum qissa va hikoyalar yozgan (1937-40). M.O. O’rta Osiyo xalqlari tarixining eng qad. davridan 1917 y.ga qadar kechgan vakt ichida o’tgan muhim ta- rixiy voqealarni va shu davrda yashagan o’zbek xalqi ulug’siymolari hayotini aks ettiruvchi o’nlab qissa va hikoyalar mual- lifi. «To’maris», «Shiroq», «Iskandar va Spitamen», «Temur Malik», «Mahmud Torobiy», «O’tror» kabi qissalarida AJ- Dodl arimizning xorijiy istilochilar- ga qarshi mustaqillik uchun olib borgan kurashi tasvirlangan. M.O. o’z asarlari- da Amir Temur, Ulug’bek, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mashrab singari o’zbek xalqi ulug’farzandlarining yorqin obrazlarini yaratib bergan. Uning «Zul- mat ichra nur», «Ajdodlar qissasi», «Jayxun ustida bulutlar», «Aljab- rning tugilishi», «Ibn Sino qissasi», «Singan setor» singari asarlari o’zbek tarixiy qissachiligining yuksak namuna- laridandir. M.O.ning tarixiy qissa va hikoyalariga xos asosiy fazilatlar ularda tarixiy haqiqat b-n badiiy to’qimaning o’zaro o’yg’unligi, tarixiy shaxs obrazining tarixiy davr fonida yaratilganligi, xalqparvarlik va Vatan- parvarlik g’oyalarining bu asarlar osha «kizil ip» o’laroq o’tganligi hamda ba- diiy til va uslubning soddaligi, shira- liligi, o’zbekonaligidir. M.Sholohovning «tinch oqar don» (2-kitob), S. Borodinning «Eldirim Bo- Yazid» romanlari va L.G.Batning «hayot bo’stoni» qissasi va b. asarlarni o’zbek tiliga tarjima qilgan. «Buyuk xizmat- lari uchun» ordeni b-n mukofotlangan (2002). As: karvon yo’llarida, T., 1987. Ad.: Norqulov N., Sattorov M., Mir- Karim Osim, T., 1977. Naim Karimov.