Mirob
Mirob — suv taqsimoti va sug’orish tarmoqlarini nazorat qiluvchi shaxs. Qadimdan O’rta Osiyoda dare vodiyla- ri va dehqonchilik vohalarida sug’orish tarmoqlarining bosh to’g’onlarini tiklash, sohillar bo’ylab damba- lar o’rnatish, sug’orish tarmoqlarini loyqadan tozalash, suvni navbat b-n taqsimlash, ortiqcha suv va zaxoblarni zaxkashlar orqali partovlarga chikarib yuborish kabi barcha suv xo’jaligi ish- lari irrigasiya va meliorasiyani yaxshi bilgan tajribali sohibkorlar boshchi- ligida amalga oshirilgan. O’rta Osiyo xonliklarida maxsus M.lik lavozim- lari bo’lgan. Mas, Buxoro va Xiva xon- liklarida 16— 18-a.larda bosh vazir (otaliq), davlat nazoratchisi (miroxur) kabi oliy mansabdor shaxslar xonlik- ning bosh M. i unvoniga ega bulishgan. Bosh sug’orish tarmog’i — kanaldan aso- siy sugorish tarmoqlari (katta ariqlar) ga mirobboshi, katta ariqlardan qishloq ariqlariga ariq oqsoqoli («arbob»), qishloq ariqlaridan shoh-ariq va dahanalarga qishloq M.i («jo’ybonlar») suv taqsimotiga mas’-ul bo’lgan. M.lik avloddan-avlodga o’tgan. Mirobboshi xizmat haqi uchun davlat xazinasidan maosh olgan. Har yili kuzda shohariqlar M.lari dehqonlardan hosildan mahsulot hisobida 1— 2 g’alvir g’alla («mirobo- na») undirar edi. Hoz. magistral kanal- lar boshqarmalarida xo’jaliklarga suv taqsimotini nazorat qiluvchi gidrotex- nik. Ad., Muham madjonov A., O’zbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari, T., 1997. Masharif Boqiev.