Mirpo’latov Koshif Ishoqovich
Mirpo’latov Koshif Ishoqovich (1898 – Toshkent — 1991) — entomolog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1970), q.x. fanla- ri D-ri (1969). O’rta Osiyo paxtachilik in-tini tugatgan (1934). Soyuzni-XI o’simliklarni himoya qilish st-yasida ilmiy xodim, direktor (1937— 57), O’rta Osiyo o’simliklarni himoya qilish in-ti direktori (1957-62), lab. Mudi- ri (1963-70), maslahatchi (1970 y.dan). G’o’za va beda kasalliklari hamda zarar- kunandalariga qarshi kimyoviy yo’l b-n kurashishda ishlatiladigan purkagich- ning birinchi konstruktsiyasini yaratgan. Ilmiy ishlari q.x. ekinlari zararkuna- dalari va ularga karshi kurashish usulla- riga bag’ishlangan.