Mitoz

Mitoz (Yun. mitos — ip), karioki- nez — eukariot hujayralarning bo’linib ko’payish usuli. M.dan oldin hujayra bo’linishga tayyorgarlik davri (interfa- za)ni o’tadi. Interfazada DNK, oqsil, ATF sintez bo’ladi. Natijada xromo- somalardagi DNK miqdori ikki hissa ortadi (q. Xromosomalar). Bu jarayon re- plikasiya deyiladi. M. 4 faza: profaza, metafaza, anafaza, telofazadan iborat. Profazada xromosomalar spirallashib, yiriklasha boshlaydi; yadro membranasi va yadrocha emirilib, xromosomalar TSITO- plazmaga tarkalib ketadi. Profaza oxi- rida tsentrosomalar hujayra qutblariga joylashib oladi; ular o’rtasida mikro- naychalardan iborat axromatin ipcha- lar paydo bo’lib, bo’linish duki hosil bo’ladi. Metafazada xromosomalarning spirallashib yo’g’onlashuvi davom eta- Di. Metafaza oxirida xromosomalar hujayra markazida bo’linish o’qi ekva- torida joylashib oladi. Bu fazada har bir xromosoma 2 ta xromatildan iborat bo’lib, ular tsentromerasi orqali o’zaro birikkan, xromatidlar esa bo’linish duki iplariga ilashgan bo’ladi. Anafa- zada xromatidlar o’rtasidagi bog’lanish uzilib, har bir xromosoma 2 ta mustaqil xromatidga ajraladi. Axromatin ipcha- larning qisqarishi tufayli xromoso- malar qarama-qarshi qutblarga tarqala boshlaydi. Telofazada xromosomalar kugblarga joylashadi; spirali yoyilib ular yana uzun ipchalar — xromatidlar shakliga kiradi va yorug’lik mikroskop- da ko’rinmaydigan bo’lib qoladi; yadrocha qayta tiklanadi; yadro membranasi hosil bo’ladi. Tsitoplazma o’rtasida botiqlik paydo bo’lib, chuqurlasha borishi va hujayraning teng ikkiga bo’linishi b-n telofaza tugallanib, yana qaytadan in- terfaza boshlanadi. M.da sodir bo’ladigan jaraenlar nerv sistemasi hamda buyrak usti bezi, gipo- fiz, qalqonsimon bez, jinsiy bezlar va b. sekresiya bezlari ishlab chiqaradigan gormonlar orqali neyrogumoral siste- ma tomonidan boshqariladi. M.ning kecha-kunduzlik maromi muhitdagi kecha- kuiduz davomida sodir bo’lib turadigan o’zgarishlar va organizmlar aktivli- gi b-n bog’liq. M.ning davomiyligiga hujayraning o’lchami, yadroning plo- idligi, atrof muhit sharoiti (xusu- san, harorat) ta’sir qiladi. M hayvon hujayralarida 30-60 min., o’simlik hujayralarida 2-3 soat davom etadi. M.ning biologik ahamiyati bo’linishga kirishgan dastlabki ona hujayra xromo- somalarining bo’linishdan keyin xrsil bo’ladigan ikkita yangi qiz hujayralar o’rtasida teng taqsimlanishidan va bitta hujayra bo’linib, unga aynan o’xshash ikkita hujayraning vujudga kelishidan iborat. M.daorganizmning o’sishi va rivojlanishi, shikastlan- gan hujayralarning tiklanishi, o’lgan hujayralar o’rniga yangi hujayralar hosil bo’lishi ta’minlanadi. Ba’zan M. tugallanmay qolishi tufayli ko’p yadroli — poliploid hujayralar paydo bo’ladi yoki politen xromosomalar vujudga kela- Di (yana q. Meyoz, Amitoz, Endomitoz).